O‘zbekistonda 2022 yil davomida 6420 dona madaniy boylikning noqonuniy olib kirilishi va olib chiqilishi to‘xtatilgan, ular bo‘yicha 327 ta ekspertiza xulosasi rasmiylashtirilgan va ularni muzeylarga topshirish uchun ko‘rsatma berilgan. Bu haqda O‘zbekiston Madaniy meros agentligi ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, madaniy boyliklarning noqonuniy aylanishi oldini olish maqsadida mamlakat hududida bir qator ishlar amalga oshirilgan. Xususan, 2022 yilda 534 695 dona madaniy boylik bo‘yicha jami 1625 ta olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat berilgan.
2022 yil iyun oyida ICESCO (Xalqaro Islom tashkiloti) tomonidan Buxoro shahrida joylashgan 7 ta madaniy meros ob’ekti Butunjahon Islom olami durdonalari ro‘yxatiga kiritildi.
Frantsiya shaharsozlik instituti hamkorligida “Shahrisabz tarixiy markazi” regeneratsiya loyihasi ishlab chiqilib, YuNESKO Umumjahon merosi qo‘mitasiga taqdim etilgan.
Mavzuga doir maqola:
Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza etishda qonun buzilishi holatlari aniqlandi. 30.10.2022