O‘zbek shoirasining kitobi AQShda chop etildi

Taniqli o‘zbek shoirasi, O‘zbekiston va Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmalari a’zosi Xosiyat Rustamovaning “Find me in hearts” (“Meni yuraklardan top”) deb nomlangan kitobi AQShdagi “Mundus Atrium Press” nashriyotida chop etildi. Bu haqda  “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Nashriyot bilan imzolangan  shartnomaga ko‘ra, kitob birinchi bosqichda 10 ming nusxada bosilib, sotuvga chiqarildi. Uni taniqli ingliz shoiri Jon Farndon o‘zbek shoirasi Maftuna Dunyo bilan hamkorlikda tarjima qilgan.

Bu – X.Rustamovaning ingliz tilida chop etilgan ikkinchi katta kitobidir. 2020 yilda Buyuk Britaniyaning “EGG London” nashriyotida ham uning she’riy to‘plami chop etilgan.

Bir necha xalqaro adabiy tanlovlar sovrindori bo‘lgan muallifning asarlari o‘nlab xorijiy tillarga o‘girilgan. Xosiyat Rustamova qator mamlakatlarning nufuzli adabiy tanlovlari hay’ati a’zosi hamdir.