Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy “A Haber” teledasturi jonli efirida sohadagi bugungi holat va yaqin istiqboldagi rejalar bilan o‘rtoqlashdi.
Qayd etilishicha, 2019 yilda Turkiya taxminan 51,7 million sayyohni qabul qildi. Pandemiya sababli sayyohlar soni 16 million nafarga qisqardi.
“Turistlar soni dunyoda bo‘yicha o‘rtacha 80 foizga qisqargan bo‘lsa, biz 68 foiz qisqarishga duch keldik. 2020 yilda 29 million sayyoh kelib, 24 milliard daromad keltirdi. 2022 yil uchun turizmdan 35 milliard dollar daromad olishni maqsad qilganmiz”, – deydi Mehmet Nuri Ersoy.
Pandemiya davrida san’atning boshqa yo‘nalishlari qatorida kino sanoati ham yordamga muhtoj holga keldi.
“2021 yilda biz 95 million lirali yordam ko‘rsatdik. Yangi kino loyihalari va suratga olish ishlariga taxminan 49-50 million lira hissa qo‘shdik. Kinoteatr zallariga 16 million lira atrofida naqd yordam berdik. Kino bilan bog‘liq madaniy tadbirlarga taxminan 29 million lirali hissa qo‘shdik. Biz 2021 yilda kino sanoatiga jami 95 million lira yordam ko‘rsatdik. Biz 2022 yilda ham qo‘llab-quvvatlashimizni davom ettiramiz”, – deydi Turkiya vaziri.
Vazir M.N.Ersoy tarixiy qazimalar hamda chet elga olib ketilgan eksponatlar masalasiga ham to‘xtalgan. Ma’lum qilinishicha, chet elga noqonuniy olib ketilgan 8 mingdan ortiq eksponatning Turkiyaga olib kelinishini ta’minlandi. Bu ko‘rsatkich yana ortishi kutilmoqda.
Turizm bo‘yicha hali foydalanilmagan imkoniyatlar talaygina, jumladan, sog‘lomlashtirish istiqbolli va ko‘p daromadli soha sanaladi.
“Biz sog‘lomlashtirish turizmidan 10% ulush olishni maqsad qilganmiz. Kasalliklar soni ko‘p edi, lekin biz hech kimni yo‘lakda qoldirmadik, barchani davolashni o‘z zimmamizga oldik. Turkiya inqirozsiz o‘tgan davlatlardan biri. Bu ham biz uchun ijobiy tajriba bo‘ldi. Turkiyaning ham sarmoyaviy “ishtaha”si, ham salohiyati bor”, – deydi madaniyat va turizm vaziri.
M.N.Ersoy sohani rivojlantirishda o‘zgarish va yangiliklardan qo‘rqmaslik kerakligini ham urg‘ulagan.
“Turizmni rivojlantirish agentligi brendingda muhim rol o‘ynaydi. Turkiyaning turizm salohiyati juda yuqori. Tarixda ilk marta u aniq maqsadga muvofiq dasturlashtiriladi va strategiyalar aniqlanadi. Prezidentimiz turizmni strategik soha deb e’lon qilgan edi. Maqsadga erishish uchun qo‘limizdan nima kelsa, bosqichma-bosqich amalga oshirib kelyapmiz. Qoidalar katta omildek tuyuladi, lekin unday emas. Biz ham aholi jon boshiga daromadimizni oshirmoqchimiz, lekin taniqli “marka” bo‘lib, munosib o‘ringa erishishga harakat qilyapmiz”, – deb xulosa qiladi Turkiya vaziri.
Shu mavzudagi maqolalar:
“Turk dunyosi madaniyat poytaxti” 2022 yilda qanday tadbirlarga mezbonlik qiladi? 04.01.2022
Mehmet Nuri Ersoy: “Insoniyatning eng hayratomuz drama va fojialari turk dunyosida yashirin”. 15.11.2021
Pandemiyaga qaramay, Turkiya turizmni rivojlantira oldi. Muvaffaqiyat siri nimada? 23.11.2021