Respublikamiz aholisining, ayniqsa yosh avlodning ma’naviy va intellektual ehtiyojlarini qondirishda kitobning o‘rni va ahamiyatini yanada oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan bir qator vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda 2017 yilning
25-27 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlar markazlarida hamda Toshkent shahridagi G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostida an’anaviy Respublika “Kitob bayrami” o‘tkazilmoqda.
Sayl tarzida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda adabiy-badiiy, ijtimoiy-siyosiy hamda entsiklopedik yo‘nalishdagi kitoblar taqdimotlari, noshir va mualliflar, adib va shoirlar, kitob grafikasi rassomlarining kitobxonlar bilan bevosita ijodiy uchrashuv-muloqotlari, mushoiralar va suhbatlar, sovrinli intellektual viktorinalar, shuningdek, “Kitobsevarlarni qutlaymiz!” nomli kontsert dasturlari o‘rin olgan.
26 may kuni “Kitob – millatning bebaho madaniy va ma’naviy merosi” mavzuidagi V ilmiy-amaliy konferentsiya ham o‘tkazilmoqda.
Barcha kitobsevarlarni Respublika “Kitob bayrami”ga lutfan taklif etamiz!