— Oy Quyosh sistemasida keyingi 4 mlrd. yildan ko‘proq vaqt mobaynida yuz bergan voqealar izini saqlovchi noyob «muzey»dir, — deydi Moskva davlat universiteti Oy va sayyoralarni tadqiq etish bo‘limi rahbari V.Shevchenko. — Masalan, biror narsaning kelib urilishi natijasida paydo bo‘lgan Quyosh sistemasidagi eng yirik (diametri 3 ming kilometr) hosila ham aynan Oydadir. Uning qanday yuzaga kelgani hozirgacha jumboq bo‘lib qolmoqda. Oy qutblaridagi muzlar tarkibida kometalarga xos kimyoviy birikmalar topilgan. «Luna-Glob» va «Luna-Resurs» apparatlari o‘zga sayyoralarga xos shunday moddalarni ham aniqlab, fan ravnaqi uchun bebaho jumboqlarni ochishi mumkin, deb taxmin qilinmoqda.
Amaliy jihatdan esa, Oyga fazodagi yaqin energiya bazasi sifatida qarash maqsadga muvofiqdir. U yerda gelioenergetikani rivojlantirish uchun juda qulay sharoit mavjud. Shuningdek, Oy yuzasida quriladigan energetika tizimlari quyosh energiyasini to‘plab, yuqori to‘lqinli nur taratgichlar yordamida Yerga uzatishi va bunday yangi tizimlar 2050 yilga kelib elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojning anchagina qismini qoplashi mumkin. Shu bilan birga radioaktiv chiqitlari ekologik jihatdan nihoyatda zararli hisoblangan atom energetika qurilmalarini ham Oyda joylashtirsa bo‘ladi. Nihoyat, kremniy, temir, alyuminiy va titanga boyligi tufayli Oy insoniyatning fazodan foydalanish sari dadil qadam qo‘yishida muhim rol o‘ynashi mumkin. Ertami-kechmi Yer orbitasida harakatlanuvchi yirik fazoviy stantsiyalar paydo bo‘ladi. Ularga zarur yuklarni Yerdan ko‘ra Oydan yetkazib berish energiya sarfi nuqtai nazaridan ham, ekologiyaga kamroq zarar yetkazish jihatidan ham qulayroqdir.
Negaki, Oyga nisbatan Yerning tortish kuchi nihoyatda katta. Masalan, Marsga uchiriladigan fazoviy kemalarni Oyda yig‘ish va koinotga uchirish o‘ng‘ay. Oy sathida topilgan suvdan vodorod yonilg‘isi olish mumkin. Ayrim olimlar zararli ishlab chiqarishlarni Oyga ko‘chirib, tayyor mahsulotni Yerga jo‘natishni taklif etishmoqda. Bu dastlab qimmat tushishi mumkin. Biroq vaqt-soati bilan bunday korxonalar daromad beradi. Bugun nafaqat amerikaligu yevropaliklar, hindlar va xitoyliklarning ham Oyga intilayotgani sababi shu bilan izohlanadi.
— Bu yil Xitoyda 10 gigavattga teng quyosh energiyasi hosil qilish ko‘zda tutilmoqda. 2015 yilga borib esa mamlakat yiliga 35 gigavatt energiya hosil qiladigan quvvatlarni ishga tushirishni mo‘ljallamoqda. Bundan tashqari, bu yil Xitoyda umumiy quvvati 34,1 gigavatt quyosh elektr stantsiyalari ishlab chiqariladi. Bu o‘tgan yili ishlab chiqarilgan shunday qurilmalardan 14 foiz ko‘p bo‘lib, ular birgalikda 8 ta AES beradigan energiyaga teng miqdorda elektr quvvati hosil qiladi.
Quyosh batareyalariga ehtiyojning bu darajada ortishiga o‘tgan yili ularning narxi 20 foiz arzonlashgani ham omil bo‘lmoqda. 2012 yili Frantsiya va Italiyada quyosh energiyasi hosil qiluvchi qurilmalar ishlab chiqaruvchilarga berilayotgan subsidiyalar (yordam pullari) qisqargani bois sohada o‘sish sur’atlari 4,4 foizni tashkil etgan, xolos.
Hozir atmosferaga zararli is gazlarini chiqarish hajmi bo‘yicha Xitoy jahonda eng yuqori o‘rinda turadi. Shuning uchun ham hukumat quyosh energiyasidan foydalanishga zo‘r bermoqda. Ayni chog‘da, mamlakatning qo‘shimcha energiya manbalariga, birinchi navbatda, xorijdan olinadigan neft-gazga ehtiyoji katta. Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, 2015 yili foydalaniladigan neftning 61 foizi xorijdan olindi. Hozir bu ko‘rsatkich 56 foizni tashkil etmoqda. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, Xitoy dunyodagi eng ko‘p neft import qiladigan mamlakatga aylangan.
— Eng samarali yadroviy reaktor. Internet xabarlarida aytilishicha, jahonni 72 yil energiya bilan ta’minlay oladigan yadro reaktori yaratilgan. MIT olimlari yadroviy chiqitlarni butkul yo‘qotadigan usul bilan birga, zahri qotil detritni qayta ishlab, toza elektr energiyaga aylantiradigan tizimni ham kashf etishgan. Bu usulda qayta ishlanadigan chiqitlar insoniyatni 2083 yilgacha energiya bilan ta’minlashi mumkin ekan.
Yadro energiyasi hosil qilishning mavjud usullari juda samarasiz bo‘lib, to‘rt yil mobaynida yadro materialining atigi 3 foizidan foydalaniladi. Qolgani esa zararli yadroviy «chiqit»ga aylanadi. Endilikda kashf etilgan yangi usul bu chiqitlarni ham energiyaga aylantirish imkonini beradi. Yangi tizim yengil suvli reaktorlarning uranli va toriyli chiqitlarida ham ishlay oladi. Bunday reaktorlar energiyasi olingan chiqitlarni 98 foizigacha qayta ishlaydi. Boz ustiga, chiqitlarning radioaktivligi ming yildan yuz yilga qadar qisqarar ekan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 500 megavattli shunday reaktor qurish uchun 1,5 milliard dollar mablag‘ zarur. Westinghouse kompaniyasining 1000 megavatt elektr energiya beradigan yengil suvli reaktorlarini qurish esa 7 milliard dollarga tushadi.
— Arktika muzliklarida tosh qotgan tuya. Kanada tabiat muzeyi tadqiqotchilari Arktikadagi Elcmir orolidan topgan tuyaning orqa oyog‘iga tegishli 30 ga yaqin cuyak, paleontologlarning aytishicha, mazkur kengliklarda 3,5 mln. yil avval yashagan ulkan jonivorga tegishli ekan. Bu davr Yer tarixidagi eng icciq davrlardan hicoblanib, harorat cayyora bo‘yicha hozirgidan 2-3 daraja, Arktikada eca Selciy bo‘yicha 14-22 daraja yuqori bo‘lgan. Olimlar, shuningdek, Elcmir orolidan bo‘rciq, kiyik, cuv qunduzi va ot qoldiqlarini ham topishgan. Arktika tuyaci hozirgi tuyalarga qaraganda 30 foizcha yirik, yag‘rini eca yerdan 2,7 metr baland bo‘lgan. Paleontologlarning fikricha, qadimgi tuyalar hozirgi tuyalarga o‘xshagan, biroq junining qalinligi bilan farq qilgan.
— Besh kilometrli meteorit krateri. Amerikalik geofiziklar Ayova shtati hududida aniqlagan bu krater, AQSh Geologiya xizmati taxminicha, 470 mln. yil avval paydo bo‘lgan. Shu hududda aviatsiya yordamida geologik qidiruv ishlarini olib borgan olimlar elektromagnit zondlash va yuqori aniqlikdagi gravimetriya yo‘li bilan minerallarning elektr o‘tkazuvchanligi va zichligi haqida zarur ma’lumotlar olishdi. Natijada Dekor shahri atrofidagi diametri 5,5 kilometrli krater uctiga cho‘kkan co‘nggi qatlamlarning quyi tarkibi aniqlandi. Shu joyda quduq qazib ko‘rilganda clantsning boshqa biron joyda uchramaydigan rang-barang turlari topilgan. Bundan tashqari, geologlar meteoritning Yerga urilish zarbidan hocil bo‘lgan kvartslarni ham topishga muvaffaq bo‘lishdi. Krater chuqurligi bir necha yuz metrni tashkil etadi.