Nankin: o‘tmish va kelajak uchrashgan shahar

Nankin – Xitoy davlatining qadimiy shaharlaridan biri. Miloddan avvalgi V asrda asos solingan shahar turli sulolalar davrida bir necha marta poytaxt bo‘lgan. Ayni paytda esa u Szyansu provintsiyasining ma’muriy markazi sanaladi. O‘zbekistonlik jurnalistlar delegatsiyasi Xitoyga safar davomida ushbu shaharda ham bo‘ldi.

Nankin so‘zining lug‘aviy ma’nosi “janubiy poytaxt” demakdir.

Nankinda yo‘l infrastrukturasini rivojlantirishga katta mablag‘ sarflanadi. Shahar ahli yo‘lini yaqin qilish uchun hatto Yantszi daryosi ostidan ham tunnel – avtomobil yo‘li o‘tkazilgan.

Ko‘hna poytaxt va zamonaviy megapolis sanalgan Nankinda, ta’bir joiz bo‘lsa, o‘tmish va kelajak uchrashadi.

“Baxt qushi”. Shahar markazidagi yashil yodgorlik

 Yuejiang minorasi. 52 metrli inshoot imperator loyihasi asosida bunyod etilgan.

Nankin mamlakatning badavlat shaharlardan biri sanaladi. Jahon banki hisob-kitobiga ko‘ra, YaIMning aholi jon boshiga taqsimoti 15 ming AQSh dollardan oshadi.

Byudjetning 20 foizi innovatsiyalarga sarflanadi.

Shaharda velosiped ijara tizimi g‘oyat rivojlangan.

Szyansu provintsiyasidagi 167 ta oliy o‘quv yurtida 1,9 million talaba tahsil oladi. Mazkur oliy o‘quv yurtlarining eng peshqadamlari Nankin shahrida joylashgan. 

Nankin. Szyansu telekompaniyasida (JSBC) jonli efir

Szifen minorasi yoki Nankin-Grinlend moliyaviy markazi. 450 metrli inshoot 2010 yilda qurilgan. Balandligi bo‘yicha dunyoda 12-o‘rinda turadi.

Imperator taxti. Nankin asrlar mobaynida olti marta turli sulolalar poytaxti bo‘lgan.

Chjen Xe (1371-1435) – Xitoy tarixidagi eng mashhur admiral, flot qo‘mondoni. U yettita yirik harbiy-savdo dengiz ekspeditsiyasiga boshchilik qilgan. Tarixiy manbalarga ko‘ra, Chjen Xening ota-bobolari Buxorodan bo‘lgan.

Rikshalar. Nankinning eski shahar qismi

 “Sinxua deyli” gazetasi ilk soni. Nankin shahrida 1938 yil 11 yanvardan chop etila boshlagan mazkur gazeta ayni paytda Szyansu provintsiyasining bosh rasmiy nashri sanaladi. 

Nankin 2014 yilda o‘smirlar o‘rtasidagi Olimiada o‘yinlariga mezbonlik qilgan.

Yantszi daryo ustida qurilgan piyodalar uchun ko‘prik. “Nankinning ko‘zi” deya ramziy nomlangan ko‘prik original muhandislik inshooti sifatida  Artur Heyden medali bilan taqdirlangan.

Muzofotda ishlab chiqarish, yengil sanoat, metallurgiya, elektronika va mashinasozlik rivojlangan. Hudud atrof-muhit muhofazasi, muqobil energiya, aqlli elektr tarmoqlari bo‘yicha ham peshqadam o‘rinda.

S.Salim

Muallif olgan suratlar