“Malaysia Airlines” aviakompaniyasi Kuala-Lumpur–Toshkent–Kuala-Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni tiklamoqda. Uzbekistan airports matbuot xizmati xabariga ko‘ra, birinchi charter reys 2023 yil 1 mart kuniga belgilangan. Reyslar har o‘n kunda bir marta Airbus A330 uchog‘ida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Malayziya aviatashuvchisi ilk parvozini O‘zbekistonning “Osmon Aero” sayyohlik operatori bilan kelishuv doirasida 2022 yil 9 iyul kuni amalga oshirgan edi.
“Malaysia Airlines” shtab-kvartirasi Selangor shtatida joylashgan Malayziyaning milliy davlat aviakompaniyasi sanaladi.
Avval xabar berganimizdek, 2022 yil sentyabr oyida Toshkentda o‘tkazilgan tadbirda Malayziya turizm agentligi bosh direktori o‘rinbosari Iskandar Mirza Muhammad Yusuf O‘zbekiston ham sayyohlik bo‘yicha muhim hamkor ekanini ta’kidlagan edi.
Mavzuga doir maqolalar:
Malayziya vaziri: “Turizm va madaniyat – O‘zbekiston bilan hamkorlikning strategik yo‘nalishlari”. 07.07.2022
Malayziya sayyohlarga chegaralarini to‘liq ochmoqda. 06.04.2022