27-28 aprel kunlari Istanbul shahrida Turk dunyosi sharhlovchilari simpoziumi bo‘lib o‘tdi. Turkiya prezidenti devonining Axborot-kommunikatsiya boshqarmasi tashkil qilgan anjumanda geosiyosiy muhit o‘zgarayotgan hozirgi davrda turkiy dunyo ommaviy axborot vositalarining o‘rni muhokama qilindi. Tadbirda Turkiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Vengriya va Shimoliy Kipr vakillari qatnashdi.
Turkiya prezidenti devonining Axborot-kommunikatsiya boshqarmasi matbuot va teleradio bo‘limi rahbari, doktor O‘g‘uz Gyoksu raqamli fashizm, dezinformatsiya, qora propaganda, islomofobiya, turkofobiya kabi illatlarga qarshi kurashning muhimligi haqida gapirdi.
Mersin universiteti dotsenti, doktor Kaan Kutlu Atach beayov geosiyosiy raqobat sharoitida turkiy davlatlarning o‘zaro hamkorligi zarurligini ta’kidladi.
Anadolu axborot agentligi Ijroiya qo‘mitasi a’zosi Yahyo Bostan ijtimoiy tarmoqlarda kompromat va yolg‘on axborot avj olganini urg‘ulab, bu vaziyatda turk dunyosi davlatlarining o‘z ijtimoiy tarmoqlari bo‘lishi maqsadga muvofiqligini qayd etdi.
Doktor O‘g‘uz Gyoksu
Yangi davr axboriy makonda yangi yondashuvlarni talab etmoqda.
Haqiqat bahslarda tug‘iladi.
Anadolu axborot agentligi Ijroiya qo‘mitasi a’zosi Yahyo Bostan
Ozarbayjonlik adib va publitsist Yunus O‘g‘uz
Turkiy dunyo uchun yagona ijtimoiy platforma tashkil etish vaqti keldi.
Doktor Kaan Kutlu Atach
Turkiya energetika shirkatlari vakillari
Yangi yuzyillikda turkiy olamning energetika bozoridagi o‘rni qanday?
Turkiy xalqlar qadimdan Sharq va G‘arbni tutashtirib, jahon tsivilizatsiyalarini bir-biriga yaqinlashtirib kelgan. Geosiyosiy ziddiyatlar, global iqtisodiy inqiroz kuchaygan bugungi davr turkiy xalqlardan bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishni talab etmoqda. Turk dunyosi sharhlovchilari simpoziumi davomida turk dunyosi siyosat, iqtisodiyot, madaniyat jabhalari qatorida ommaviy axborot vositalari yo‘nalishida ham yaqin hamkorlik qilishi lozimligi ta’kidlandi.