Buyuk Britaniyaning nufuzli sayyohlik nashri – “Wanderlust travel magazine” Xorazmdagi Ichanqal’a me’moriy majmuasini dunyodagi 9 ta eng muhtasham devorli qal’a ro‘yxatiga kiritdi.
Devor bilan o‘ralgan shaharlar orasida Kartaxena (Kolumbiya), Dubrovnik (Xorvatiya), Tarudant (Marokash), Yorkshir (Buyuk Britaniya), Karkason (Frantsiya), Sian (Xitoy), Mdina (Malta), Quddus kabi qadimiy kentlar ham e’tirof etilgan.
Ichanqal’a majmuasi me’moriy yodgorlik sifatida muhofazaga olingan va 1961 yili muzeyga aylantirilgan. 1990 yildan esa Butunjahon yodgorliklari ro‘yxatidan joy olgan.
Mavzuga doir maqola: