O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari 2022 yilda Erasmus+ dasturining qaysi yo‘nalishlarida qatnashishi mumkinligi aytildi. Bu haqda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tashkil etilgan axborot kunida ma’lum qilingan.
Yangi yilda Erasmus+ dasturi tanlovi uchun quyidagi yo‘nalishlarda loyihalar topshirish imkoniyati mavjud:
International Credit Mobility (ICM) – 2022 yil 23 fevral;
Capacity Building in Higher Education (CBHE) – 2022 yil 17 fevral;
Erasmus Mundus Joint Masters (EMJM) – 2022 yil 16 fevral;
Erasmus Mundus Design Measures (EMDM) – 2022 yil 16 fevral;
Jean Monnet Actions (JMA) – 2022 yil 1 mart.
Qayd etilishicha, Erasmus+ dasturi nafaqat Yevropa universitetlari, balki MDH davlatlari, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari va dunyoning boshqa mintaqalaridagi universitetlar bilan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Ushbu dastur doirasidagi hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasida belgilangan maqsadlarni amalga oshirishga ham xizmat qiladi.
Joriy yil mart oyida 2021-2027 yillar uchun mo‘ljallangan yangi 7 yillik bosqichi faoliyat boshladi. Bu maqsadda 26,2 milliard yevro umumiy byudjet, shuningdek, Yevropa Ittifoqining tashqi vositalaridan 2,2 milliard yevro jalb qilingan. Dastur yanada inklyuziv bo‘lishi uchun asosiy e’tibor yashil va raqamli texnologiyalarga o‘tishga qaratilgan.