Xabaringiz bor, www.ziyouz.uz va www.qadriyat.uz saytlari “Eng go‘zal hikoyatlar” tanlovini e’lon qilgan edi. Avvalgi tanlovda eng go‘zal, ibratli hikoyatlar tarjimalari aniqlangan edi. Ushbu an’anani davom ettirgan holda Ramazon oyi munosabati bilan yangi “Eng ibratli hayotiy hikoyalar” tanlovini e’lon qilamiz. Unda o‘zingiz hayotda ko‘rgan yoki yaqinlaringiz hayotida yuz bergan real ibratli hikoyalar bilan ishtirok etishingiz mumkin.
Tanlov tartibi:
Tanlov uchun o‘zingiz hayotda ko‘rgan yoki yaqinlaringiz hayotida yuz bergan ibratli real hikoya(lar)ni chiroyli bayon qilib [email protected] pochtasiga yuboring. Materiallar 2016 yil 17 iyuliga qadar qabul qilinadi. G‘oliblar 2016 yil iyul oyi so‘nggida e’lon qilinadi.
Ishtirokchilar yuboradigan materiallar soni cheklanmagan. G‘oliblarni aniqlashda hikoyaning mazmuni, dolzarbligi, matnning badiiy xususiyatlari, manbaning ishonchliligi ham e’tiborga olinadi.
Tanlovga yuborilgan hikoyatlar www.ziyouz.uz va www.qadriyat.uz saytlarida e’lon qilinadi.
Tanlov g‘olibiga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning 32 jildli “Hadis va hayot” to‘plami taqdim etiladi.
Tanlov talablari:
1. Hikoya avval boshqa manbalarda chop etilmagan bo‘lishi kerak.
2. Hikoya muallif yoki uning yaqinlari hayotida yuz bergan real voqelik bo‘lishi kerak. To‘qima hikoyalar qabul qilinmaydi. Ushbu shartning bajarilishi muallifning ixlosiga havola qilinadi.
3. Hikoya turli tillarda chiqqan manbalardan ko‘chirilmagan bo‘lishi kerak.
4. Hikoya yuboruvchining o‘zi tomonidan bayon qilingan bo‘lishi kerak.
5. Hikoya boshqalar tilidan bayon qilinsa, uning kimligi qayd etilishi kerak.
“Eng ibratli hayotiy hikoyalar” tanlovida ishtirok eting va eng go‘zal hadyaga sohib chiqing!