www.ziyouz.uz va www.qadriyat.uz saytlari e’lon qilgan “Eng go‘zal hikoyatlar-2” tanlovi yakunlandi. Unda muxlislar eng go‘zal hikoyatlar tarjimasi va o‘zlari hamda yaqinlari hayotida yuz bergan real voqeliklar tasvir etilgan hikoyalar bilan ishtirok etdilar. Tanlovga 200 dan ortiq hikoya kelib tushdi. Shundan tanlov shartlariga mos keladigan 125 tasi saytimizda chop etildi.
G‘oliblarni aniqlashda hikoyaning mazmuni, dolzarbligi, uning sayt va ijtimoiy sahifalarimizda ommabop bo‘lganligi, matnning badiiy xususiyatlari, e’tiborga olindi. Ulardan eng yaxshilari olim, filolog, jurnalist, yozuvchi, noshirlarlardan iborat 15 nafar ekspertlarga yuborildi. Xolislikni ta’minlash maqsadida hakamlarga hikoyaning matnigina havola qilindi (muallifi bildirilmadi). Hakamlar bergan baholar umumlashtirilib, eng yuqori o‘rinlar aniqlandi.
“Eng go‘zal hikoyatlar-2” tanlovi g‘oliblari bilan tanishing.
1-o‘rin. “Sizni, otamni va yoqtirgan oyoq kiyimimni qoldirib keldim…” hikoyasi. Tarjimon: Muhammad Mubiyn. G‘olibga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning 6 jildli “Tafsiri hilol” to‘plami taqdim etiladi.
2-o‘rin. “O‘rindiqda qoldirilgan tillalar” hikoyasi. Muallif: Nurbek Toshniyoz. G‘olibga Ahmad Lutfiy Qozonchining 4 jildlik “Saodat asri qissalari” kitobi va Ziyovuddin Rahimning “Baxtli hayot sari” kitobi taqdim etiladi.
3-o‘rin. “Najot qo‘ng‘irog‘ini kim bosgan edi?” hikoyasi. Tarjimon: Abdullatif Abdullayev. G‘olibga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning 2 jildli “Islom tarixi” kitobi taqdim etiladi.
3-o‘rin. “Qur’on ziyofati… bo‘lmadi” hikoyasi. Muallif: Rustamjon Hasanov. G‘olibga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning 2 jildli “Islom tarixi” kitobi taqdim etiladi.
3-o‘rin. “Agar bir oy umringiz qolsa…” hikoyasi. Tarjimon: Maryam Osiyo. G‘olibga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning 2 jildli “Islom tarixi” kitobi taqdim etiladi.
4-o‘rin. “Yaxshiyamki, tug‘ilgan ekansan, bolam” hikoyasi. Tarjimon: Fatima Aliy. G‘olibga Safiyurrahmon Muborakfuriyning “Ar-Rahiqul maxtum” (Rasululloh s.a.v. siyratlari) kitobi taqdim etiladi.
Tanlov g‘oliblariga mukofotlar yetkaziladi (Toshkent shahridan boshqa joylarga O‘zbekiston bo‘ylab pochta orqali yuboriladi). G‘oliblardan tashkilotchilar bilan bog‘lanishlari so‘raladi.