Armaniston Janubiy Kavkazda keng ko‘lamli yangi urush ochishga urinmoqda. Bu haqda amerikalik ekspert Piter Teys Trend nashriga bergan intervyusida gapirgan.
“AQSh Davlat departamenti Yerevanni 2020 yil 10 noyabrda imzolangan uch tomonlama hujjatga rioya qilishga chaqirishi kerak. YeI a’zolari va Vashington qurolli ziddiyatning oldini olish va vaziyatni muvofiqlashtirishga tayyor emasga o‘xshaydi”, – degan P.Teys.
Tahlilchi Ozarbayjon–Armaniston davlat chegaralarining Dashkesan, Kelbajar va Lochin yo‘nalishlarida kuzatilgan so‘nggi provokatsiyalarni yodga olar ekan, bu vaziyatda Turkiy davlatlar tashkiloti muhim o‘rin tutishi kerakligini qayd etgan. Unga ko‘ra, tashkilot NATO, YeXHT, AQSh bilan rasmiy muloqotlarni yo‘lga qo‘yishi, BMT Xavfsizlik kengashida Janubiy Kavkazdagi vaziyat yuzasidan yig‘ilish o‘tkazishi maqsadga muvofiqdir.
Ayni choqda, Piter Teys rasmiy Yerevan iqtisodiy status-kvoni saqlab qolishga uringan holda chegarada provokatsiyalar sodir etayotganiga e’tibor qaratgan. Ekspert Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ma’muriyati taklif etayotgan tinchlik yo‘lidagi tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanishini zarurligini ham ta’kidlagan.
Boshqa bir amerikalik tahlilchi Irina Sukermanga ko‘ra ham, Armaniston ma’muriyati tinchlik yo‘lidagi muzokaralarni yo‘qqa chiqarish uchun provokatsiya usuliga murojaat qilmoqda.
“Ozarbayjon tinchlik jarayoni, Armaniston provokatsiyalari va buning xalqaro hamjamiyat xavfsizligiga oqibatlari xususida axborot va ma’rifiy kampaniya o‘tkazishi kerak”, – deya xulosa qilgan I.Sukerman.
Avvalroq Ozarbayjon tashqi ishlar vazirligi 13 sentyabrga o‘tar kechasi Armaniston bilan chegarada ro‘y bergan keng ko‘lamli provokatsiyalarga javoban tezkor choralar ko‘rilgani haqida bayonot bergandi.