“E’tiqod – qalb gavhari” nomli maqolalar ko‘rik-tanloviga marhamat!

 

2015 yil – Keksalarni e’zozlash yili hamda “Muxlis.uz” veb-saytining ikki yilligi munosabati bilan 2015 yilningn 20 may kunidan boshlab “E’tiqod – qalb gavhari” nomli maqolalar ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov veb-sayt ma’muriyati tomonidan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash va keng targ‘ib etish, aholi, ayniqsa, yosh avlodning turli zararli oqimlar ta’siridan himoyalashga hissa qo‘shish maqsadida tashkil etilmoqda. Tanlov qatnashuvchilarining yoshi chegaralanmagan.

Tanlov qo‘yidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:

1. “Islom – bag‘rikenglik va mehr-muruvvat dini”

2. “Milliy qadriyatlar – bebaho boyligimiz”. (ma’naviy tahdidlar xususida)

3. “Diniy aqidaparastlik – insoniyat dushmani”.

4. “Keksalarni e’zozlash – insoniy burchimiz”.

5. “Istiqlol shukronasi”

Tanlovga yuborilgan maqolalar Times new roman uslubida 14 shriftda, bir interval hajmida 3 qog‘ozdan oshmasligi kerak. Maqolalarga ilova tarzida ishtirokchi haqida ma’lumot va uning pasport nusxasi yuborlishi shart. Belgilangan har bir nominatsiya bo‘yicha bittadan g‘olib va bittadan rag‘batlantiruvchi mukofot sohibi hay’at a’zolari tomonidan aniqlanadi.

Tanlovga materiallar 2015 yil 20 maydan 31 avgustgacha bo‘lgan vaqt mobaynida qabul qilinadi. Tanlov hay’ati tomonidan ma’qullangan maqolalar saytga qo‘yiladi. G‘oliblar mamlakatimiz mustaqilligining 24 yilligi arafasida e’lon qilinadi.

Maqolalarni quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin: [email protected] yoki [email protected]

Murojaat uchun telefon: + 99897 734 47 57, + 99895 194 83 83