Diniy-ma’rifiy mavzularni yoritgan ijodkorlar taqdirlandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasida ommaviy axborot vositalari orqali diniy-ma’rifiy mavzularni yoritishda faollik ko‘rsatgan bir guruh ijodkorlar taqdirlandi.

«Sarhisob» tanlovi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom universiteti, Matbuot va axborot agentligi, Uzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Usmonxon Alimov tabrik so‘zi bilan ishtirok etdilar.

Bu yilgi «Sarhisob» tanloviga 1200 dan ortiq ijodiy ishlar taqdim etilgan bo‘lib, ulardan 595 tasi internet yo‘nalishidagi maqolalardir. Bu yilgi tanlovga «Tinchlik va osoyishtalikni qadrlash mavzusidagi eng yaxshi ijodiy ish» yo‘nalishida alohida mukofot joriy etildi.

Tadbirda televideniye, radio, matbuot va Internet yo‘nalishlarida eng yaxshi deb topilgan ijodiy ishlarning mualliflari hamda sohada alohida namuna ko‘rsatgan targ‘ibotchilar maxsus diplom va tashkilotchilarning qimmatbaho sovg‘alari bilan mukofotlandilar.

Taqdirlanganlar nomidan so‘z Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulla Turmatov va Qashqadaryo viloyati bosh imom-xatibi Rahmatullo Usmonov so‘zga chiqib, ushbu e’tirof ularning diniy-ma’rifiy sohadagi ijodiy ishlarini yanada faollashtirishga undashini ta’kidladilar.

Tadbir doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasining “Movarounnahr” va Toshkent islom universiteti nashriyoti tomonidan chop etilgan yangi nashrlar ko‘rgazmasi hamda “Hidoyat” jurnalining ijtimoiy hayot bo‘limi xodim Muhammadsiddiq Rahmatovning “Tinchlik – oliy ne’mat” nomli fotoko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi.

Quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha tanlov g‘oliblari taqdirlandi:

Yilning eng faol targ‘ibotchisi nominatsiyasi

Asosiy mukofotlar:
I o‘rin – Dolzarb mavzulardagi maqola va kitoblari uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Aydarbek Tulepov.
II o‘rin – Xotin-qizlar orasida faol targ‘ibot faoliyati uchun «Xadichai Kubro» o‘rta maxsus islom bilim yurti mudirasi vazifasini bajaruvchi Nozima Ibragimova.
III o‘rin – Diniy ta’lim muassasalaridagi targ‘ibot faoliyati uchun Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i Salohiddin Sherxonov.
Rag‘batlantiruvchi mukofot:
1. Ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishga qaratilgan targ‘ibot faoliyatidagi namunali ishtiroki uchun – Toshkent islom universiteti o‘qituvchisi Jamoliddin Karimov.
2. Respublika bo‘ylab o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardagi faol ishtiroki uchun – Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy kotibi Komiljon Shermuhamedov.

Internet yo‘nalishi

Asosiy mukofotlar:
I o‘rin – «ummat.uz» Internet manzilidagi dolzarb diniy-ma’rifiy maqolalari uchun Toshkent shahar «To‘xtaboy» masjidi imom-xatibi Ishoqjon Begmatov.
II o‘rin – «bukhari.uz» Internet manzilidagi dolzarb mavzulardagi maqolalari uchun Imom Buxoriy xalqaro markazi ilmiy xodimi Olimxon Yusupov.
III o‘rin – qadriyat.uz», «ziyouz.com» Internet manzillarida e’lon qilingan diniy-ma’rifiy mavzulardagi turkum maqolalari uchun ushbu saytlar muharriri Davronbek Tojialiyev.
Rag‘batlantiruvchi mukofot:
1. Internet tarmog‘ida O‘zbekiston musulmonlari idorasining ma’naviy- ma’rifiy faoliyatini keng targ‘ib qilgani uchun — «Ko‘kaldosh» o‘rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi Jaloliddin Xolmo‘minov.
2. Diniy-ma’rifiy Internet manzillaridagi turkum maqolalari uchun — Qashqadaryo viloyati bosh imom-xatibi Rahmatullo Usmonov.

Matbuot yo‘nalishi

Asosiy mukofotlar:
I o‘rin – Dolzarb mavzulardagi diniy-ma’rifiy maqola va nashrlari uchun – Imom Buxoriy xalqaro markazi ilmiy kotibi Shukrullo Umarov.
II o‘rin – Diniy-ma’rifiy mavzulardagi turkum maqolalari uchun – «Movarounnahr» nashriyoti muharriri No‘mon Atabayev.
III o‘rin – Yoshlar tarbiyasiga oid turkum maqolalari uchun – Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulla Turmatov.
Rag‘batlantiruvchi mukofot:
1. Hududiy gazetalarda chop etilgan diniy-marifiy maqolalari uchun – «Xoja Buxoriy» o‘rta maxsus islom bilim yurti mudiri O‘tkir G‘uzarov.
2. Davriy matbuotda ma’naviy-axloqiy mavzulardagi turkum maqolalari uchun – Qoraqalpog‘istan Respublikasi «Istiqlol va Qonun» gazetasi bo‘lim muharrri Miyasar Qabulova.

Radio yo‘nalishi

Asosiy mukofotlar:
I o‘rin – Dolzarb mavzularda tayyorlangan radiodasturlar uchun – «Yoshlar» teleradiokanali AJ direktori o‘rinbosari Kumush Pardayeva.
II o‘rin – Radiokanallarda diniy-ma’rifiy mavzulardagi faol chiqishlari uchun – «Ko‘kaldosh» o‘rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi Ma’murjon Erkayev.
III o‘rin – «O‘zbekiston» radiosidagi turkum eshittirishlari uchun – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi muharriri Akbar Abrorov.
Rag‘batlantiruvchi mukofot:
1. Radiokanallarda diniy-ma’rifiy mavzulardagi chiqishlari uchun – Toshkent islom universiteti o‘qituvchisi Saidafzal Saidjalolov.

Televideniye yo‘nalishi

Asosiy mukofotlar:
I o‘rin – «O‘zbekiston» teleradiokanalida efirga uzatilgan «Ramazon tuhfasi» turkum ko‘rsatuvlari dasturi uchun – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Madaniy-ma’rifiy va badiiy dam olish dasturlari bosh muharririyati «Hidoyat sari» ko‘rsatuvi rejissyori To‘lqin Shamsiyev.
II o‘rin – O‘zbekiston teleradiokompaniyasi va mahalliy teleradiokompaniyalarda namoyish etilgan dolzarb mavzular bo‘yicha davra suhbatlaridagi ishtiroki uchun – Samarqand viloyati «Imom Buxoriy» masjidi imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov.
III o‘rin – Hududiy telekanalda efirga uzatilgan diniy-ma’rifiy ko‘rsatuvlardagi faol ishtiroki uchun – «Muhammad al-Beruniy» o‘rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi Baxadir Abdiraxmanov.
Rag‘batlantiruvchi mukofot:
1. Andijon    teleradiokompaniyasidagi diniy-ma’rifiy turkum kursatuvlardagi chiqishlari uchun – Andijon viloyati «Oltinko‘l» masjidi imom-xatibi Muhammadyusuf To‘raqulov.

«Tinchlik va osoyishtalikni qadrlash mavzusidagi eng yaxshi ijodiy ish» yo‘nalishida alohida bosh mukofot

Diniy-ma’rifiy sohadagi ibratli faoliyati, aholi orasida sog‘lom e’tiqod asoslarini targ‘ib etishdagi o‘rni, yoshlarni yot ta’sirlardan muhofaza etishdagi namunali faoliyati uchun – «Ziyo» studiyasi ijodiy guruhi