BMT oliy komissari “cahrodagi Luvr”ning tarixiy ahamiyati haqida gapirdi

O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lgan BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Turk Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyiga ham bordi. Xalqaro tashkilot vakili muzeyning tarixiy ahamiyati xususida gapirdi.

“Sahrodagi Luvr” nomi bilan tanilgan bu muzey sovet hukumati nomaqbul deb hisoblagan san’at asarlari uchun “boshpana” vazifasini bajargan. O‘sha davrda ko‘plab rassomlar qamoqqa tashlangan, mehnat lagerlariga surgun qilingan yoki hayotining katta qismini ruhiy xastaliklar shifoxonalarida o‘tkazishga majbur bo‘lgan. Ushbu muzey va uning avangard san’ati o‘tmishdagi azob va iztiroblarni yodga soladi”, ؘ– dedi BMT oliy komissari.

Folker Turk madaniy huquqlarni himoya qilish, tafakkur erkinligi muhimligini ham ta’kidlagan.