2019 yil 29 yanvar kuni taniqli yozuvchi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Asad Dilmurod vafot etdi.
Asad Dilmurod 1947 yil 20 iyulda Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Qoratepa qishlog‘ida tavallud topgan. ToshDU (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetida sirtdan tahsil olgan.
Ilk hikoyalar to‘plami — «Osmonning bir parchasi» (1978). «Tosh burgut» (1979), «Sirli zina» (1980), «Sherdor» (1986), «Mulk» va «Girih» (1989), «Tog‘lar, sukut saqlamang» (1987), «Oq ajdar sayyorasi» (2000), «Mezon burji» (2007) qissalari, «Afrosiyob sukunati» (1983), «Ko‘chki» (1991) kabi kitoblari nashr etilgan.«Mahmud Torobiy» (1998), «Fano dashtidagi qush» (2001), «Pahlavon Muhammad» (2006), “Rang va mehvar” (2012) singari romanlar muallifi.
Asad Dilmurod asarlari rus, ukrain, qozoq, tojik, turk, uyg‘ur tillariga tarjima qilingan. “Devona” adabiy stsenariysi asosida badiiy film tasvirga tushirilgan (2003).