Abdurauf Fitrat kitobi Turkiyada chop etildi

Abdurauf Fitrat tomonidan 1927 yili O‘zbekiston davlat nashriyoti tomonidan nashr etilgan “O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi” (Özbek Klasik Müziği ve Tarihi) kitobi Turkiyaning “Gece kitapliği” nashriyot uyi tomonidan turk tilida chop etildi. Uni zamonaviy turk tiliga Husayn Oqbosh tarjima qildi.

Abdurauf Fitrat “Shashmaqom”, “O‘zbek musiqasi to‘g‘risida” maqolalari va “O‘zbek klassik musiqasi ham uning tarixi” risolasi bilan XX asr o‘zbek musiqashunoslik fanini boshlab bergan.

“O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi” risolasida o‘zbek milliy cholg‘ulari, xalq kuylari, “Shoshmaqom” tarixi, ularning xalqimiz madaniy hayotida tutgan o‘rniga bag‘ishlangan bir qator ilmiy-nazariy ma’lumotlar berilgan.