AQSh kollejlari va universitetlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni 2015-16 o‘quv yilida birinchi marta bir milliondan oshdi. Bu haqda 2016 yilda Xalqaro ta’lim sohasida talabalar almashuvi bo‘yicha “Open Doors” hisobotida qayd etilgan.
Shu tariqa o‘tgan yilga nisbatan o‘sish yetti foizni tashkil qildi. Bu AQShdagi barcha talabalarning 5 foizini tashkil qiladi. Ushbu kuchli o‘sish AQSh hali ham oliy ta’lim sohasida yetakchi o‘rin tutishini tasdiqlaydi.
Qo‘shma Shtatlarda ta’lim olayotgan chet ellik talabalarning 328,547 nafari xitoylik bo‘lib, Chin mamlakati bu borada birinchi o‘rinda turibdi. Hindistonlik talabalar soni ham yil sayin oshib bormoqda. Joriy o‘quv yilida ular soni 165,918 ga yetdi. Ushbu ikki davlat vakillari AQSh oliy ta’lim tizimidagi talabalarning 47 foizini tashkil qilmoqda.
Yangi hisobotda ta’kidlanishicha, AQShda 530 nafar o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda. Joriy o‘quv yilida okeanortida o‘qiyotgan o‘zbekistonliklar soni 7,9 foizga ko‘paygan.
“Biz barcha davlatlar yoshlarini chet elda o‘qish uchun imkoniyat qidirish va millatlararo bilim oshirish, global taraqqiyotga xizmat qilishga chaqirishimiz kerak”, – deb takidlagan AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen.