2023 yilning asosiy so‘zi e’lon qilindi

Collins English Dictionary tahririyati “artificial intelligence” (sun’iy intellekt) iborasini 2023 yilning asosiy so‘zi deb e’lon qildi.

Qayd etilishicha, joriy yil davomida AI istilohi to‘rt barobar ko‘proq qo‘llana boshlagan.

Sun’iy intellekt kelajak texnologiyasi sifatida insoniyat hayotini keskin o‘zgartirish kutilmoqda.

Collins English Dictionary an’anaga ko‘ra har gal yilning eng asosiy so‘zini e’lon qiladi.