Rio-de-Janeyrodagi XXXI Yozgi Olimpiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar jami 13 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida 207 davlat ichida 21-o‘rinni egalladilar. Vakillarimiz Osiyo qit’asi davlatlari orasida Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyadan keyin to‘rtinchi natijani, MDH mamlakatlari orasida Rossiya terma jamoasidan keyin ikkinchi o‘rinni qayd etdilar.
1996 yil Atlanta olimpiadasidan beri O‘zbekiston delegatsiyasi jami 33 ta medallarni qo‘lga kiritgan (9 ta oltin, 7 ta kumush, 17 ta bronza).
Rio olimpiadasida O‘zbekistonga medal keltirgan sportchilar:
Hasanboy Do‘stmatov, 49 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar musobaqasida oltin medal.
Ruslan Nuriddinov, 105 kilogrammgacha bo‘lgan og‘ir atletikachilar musobaqasida oltin medal.
Shahobiddin Zoirov, 52 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar musobaqasida oltin medal.
Fazliddin G‘oyibnazarov, 64 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar musobaqasida oltin medal.
Shahram G‘iyosov, 69 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar musobaqasida kumush medal.
Bektemir Meliqo‘ziyev, 75 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar musobaqasida kumush medal.
Diyorbek O‘rozboyev, 60 kilogrammgacha bo‘lgan dzyudochilar musobaqasida bronza medal.
Rishod Sobirov, 66 kilogrammgacha bo‘lgan dzyudochilar musobaqasida bronza medal.
Elmurat Tasmuradov, 59 kilogrammgacha bo‘lgan yunon-rum kurashchilari musobaqasida bronza medal.
Rustam To‘laganov, 91 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar musobaqasida bronza medal.
Murodjon Ahmadaliyev, 56 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar musobaqasida bronza medal.
Ixtiyor Navruzov, 65 kilogrammgacha bo‘lgan erkin kurashchilar musobaqasida bronza medal.
Magomed Ibragimov, 97 kilogrammgacha bo‘lgan erkin kurashchilar musobaqasida bronza medal.
Rio-de-Janeyro olimpiadasida oltin medal olgan sportchilarimizga 200 000 AQSh dollari, kumush medal sohiblariga 100 000 AQSh dollari, bronza egalariga 75 000 AQSh dollari mukofoti va’da qilingan.