Ozarbayjonda joriy yil “Haydar Aliyev yili” deb e’lon qilingan. 2023 yilning 10 may kuni Ozarbayjon xalqi umummilliy yetakchisining 100 yilligi nishonlanadi. Cana doirasida atoqli davlat arbobining merosini o‘rganish va targ‘ib etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Trend agentligi H.Aliyev bilan uchrashgan, o‘zaro hamkorlik qilgan sobiq davlat rahbarlarining xotiralarini chop etdi.
“Haydar Aliyev global miqyosdagi muhim shaxsiyatlardan biri sanaladi. U zamonaviy Ozarbayjon poydevorini qo‘ydi va kuchli millatni shakllantirdi. Biz uning yutuqlaridan saboq chiqaramiz”, – deydi Bosniya va Hertsegovina sobiq prezidenti Mladen Ivanich.
“CCCR parchalanganidan keyin xalqaro tahdid va qaltisliklar tug‘ilgan davrda yangi Ozarbayjonni barpo etish qanchalik mashaqqatli bo‘lganini biz tasavvur eta olamiz. Haydar Aliyev amalga oshirgan ishlarni yuksak baholayman”, – deydi Serbiya sobiq yetakchisi Boris Tadich.
Ruminiya sobiq prezidenti yirik iqtisodiy loyihalarga tashabbuskor bo‘lganiga e’tibor qaratgan.Emil Konstantinesku esa H.Aliyev global ahamiyat kasb etgan
“Mening prezidentlik mandatim prezident Haydar Aliyev Ozarbayjonda ichki barqarorlikni ta’minlagan holda, uni NATOning “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” dasturiga kiritgan davrga to‘g‘ri keldi. U qisqa fursatda mintaqaviy doiradan chiqib, global ahamiyat kasb etgan ikki yirik iqtisodiy loyihani amalga tatbiq etdi. Men bu o‘rinda TRASEKA va Buyuk ipak yo‘lining tiklanishi loyihalarini nazarda tutmoqdaman”, – deydi Emil Konstantinesku.
Latviya sobiq prezidenti Vayra Vike-Freyberganing fikricha, H.Aliyev o‘z xalqi manfaatlarini himoya qilishni bosh maqsad-maslak deb bilgan.
“Haydar Aliyev o‘ziga xos shaxsiyatga ega arbob sifatida 1991 yildan keyin mustaqillikni qo‘lga kiritgan yoki mustaqilligini qayta tiklagan mamlakatlar duch kelgan muammolar yuzasidan teran tahlillarini erkin va ochiq tarzda o‘rtoqlashar edi”, – deydi u.
V.Vike-Freyberganing ta’kidlashicha, Ozarbayjon H.Aliyevning boy tajribasi sabab 1990-yillardagi dolg‘ali davr va sinovlarni yengib o‘ta oldi va zamonaviy ozod davlat barpo etdi.
Haydar Aliyev (1923–2003) sovet tuzumi davrida uzoq yillar yuqori rahbar lavozimlarda ishlagan, jumladan, Ozarbayjonni idora etgan. 1993–2003 yillarda esa mustaqil Ozarbayjon prezidenti sifatida faoliyat yuritgan.