Alisher Navoiy. Navbahor ayyomi bo‘lmish, men diyoru yorsiz (video)

Navbahor ayyomi bo‘lmish, men diyoru yorsiz,
Bulbul o‘lg‘ondek  xazon fasli gulu gulzorsiz.

Goh sarv uzra, gahi gul uzra bulbul nag‘masoz,
Vahki, menmen gungu lol ul sarvi gulruxsorsiz.

Tong emastur, gar diyoru yorsiz ozurdamen,
Kim emas bulbul gulu gulzorsiz ozorsiz.

Ravza ashjori o‘tundur, gullari jonimg‘a o‘t,
Mumkin o‘lsa anda bo‘lmog‘lig‘ dame dildorsiz.

May chu berding, zulf ila band et meni, ey mug‘bacha,
Kim xush ermas mug‘ bila ichmak qadah zunnorsiz.

Topmaduq gulrang jome  bexumor, ey  bog‘bon,
Vahki, bu gulshan aro gul butmas ermish xorsnz.

Ahli zuhd ichra Navoiy topmadi maqsadqa yo‘l,
Vaqtingizni xush tutung, ey jam’kim, xummorsiz.

Alisher Navoiy