Alisher Navoiy. Ey ko‘ngul, ul otashin orazg‘a ko‘p o‘rganmagil (video)

Ey ko‘ngul, ul otashin orazg‘a ko‘p o‘rganmagil,
Nogah ayrilsa firoqi o‘tig‘a o‘rtanmagil.

Tut o‘zungga fardu bekaslik baloyu shiddatin,
To birovga o‘rganib ayru tushub emganmagil.

Lozimi ishq o‘ldi hijron, bo‘lmo oshiq kimsaga,
Emdikim bo‘ldung tahammul aylabon kungranmagil.

Gul chog‘i gulbong chekmak ishtur, ey bulbul, senga,
Oyu yil faryod qilmog‘ni menga o‘tkanmagil.

Ko‘z yumub ochquncha sol uyg‘onmas uyqug‘a meni,
Nolishimdin hajr shomi har zamon seskanmagil.

Istasang ul mug‘bacha boshingg‘a yetkurgay qadam,
Dayr piri yo‘lidin tufrog‘dek tebranmagil.

Ey Navoiy, yor agar derkim o‘zungni o‘tqa sol,
Tan yalang aylarga kuyma, jon uchun kuymanmagil.

Alisher Navoiy