Xorxe Luis Borxes. Medalon (hikoya)
Men o‘tinchiman. Ismimni aytganim bilan, baribir, hech kim tanimaydi. Men dunyoga kelgan va shu yerda olamdan o‘tadigan kulbam o‘rmon chekkasida joylashgan. Aytishlaricha, o‘rmonning bir tomoni butun quruqlikni qoplab, menikiga o‘xshash yog‘och uylar suzib yuradigan dengizga borib taqalar ekan. O‘rmonning narigi davomi…