Luqmon Bo‘rixon: “Adabiyot tirikchilik emas, tiriklik manbai” (2020)

– Sizda adabiyotga havas qachon uyg‘ongani, matbuotdagi ilk chiqishingiz, so‘ngra birinchi kitobingiz o‘quvchilar qo‘liga yetib borgan damlarni bir eslab o‘tsangiz. – Menimcha, har qanday qalamkashda ham ijodga havas bolalikdan boshlansa kerak. Havas esa hayratdan boshlanadi. Boshqacha ta’riflaganda, ta’sirchanlik, ziyraklik, hayrat davomi…