Gabriel Okara (Nigeriya)

Gabriel Okara – nigeriyalik shoir. 1921 yili tug‘ilgan. QAChONLARDIR, O‘G‘LIM Qachonlardir, o‘g‘lim, ular kulishardi yurak-yurakdan, kulishardi chaqnab ko‘zlari. Endi kulishar ular faqat tishlari bilan, muzli sovuq ko‘zlari esa timirskilar mening soyamni. Shunday paytlar bo‘lgandiki, o‘g‘lim, ular qo‘limni siqishardi dildan, endi davomi…

Djon Ekvere (Nigeriya)

Djon Ekvere Kalabar shahrida (Nigeriya) tug‘ilgan. Ingliz tilida ijod qiladi. JAVOB Ko‘ngilchan otalarimizdan meros — Hammasini oyoq-osti qilgan oq bosqinchilar — Qochdilar solib uvvos. Endi xayriyachi missionerlar Sho‘rlik xalqimizni chuv tushirolmas; Endi kelgindi kalxatlar Jo‘jalarimizni yulib ololmas — Endi O‘zimizni davomi…

Frenk Abiodun Eg-Imukxede (Nigeriya)

Frenk Abiodun Eg-Imukxede 1935 yili If shahrida (Nigeriya) tug‘ilgan. Ingliz tilida ijod qiladi. BIR ERKAKKA BIR AYoL Cherkovga bormayman, yurmayman mahkamada — “Yangi madaniyat” mavzusi unda muhokamada, Unda aytilmoqda “Teng huquqlilik” haqidagi savol Hamda mag‘rib tiqishtirgan ushbu xom-xayol: Bir erkakka davomi…

Francheska Jetunda Pereyra (Nigeriya)

Francheska Jetunda Pereyra 1933 yili Lagosda (Nigeriya) tug‘ilgan. Ingliz tilida ijod qiladi. QOP-QORA ONAM Ona-zamin, Uyqudasan allaqachon. Sening xalqing – Tabiat farzandi, Jonivor, Hayvon. Sevadi inchunun, O‘ldiradi keyin, Yeb qo‘yadi yashamoq uchun. Qalbimizni Razolatdan qutqarish uchun Begonalar keldi, Boylik izlashdi, davomi…