Tilab Mahmudov (1936)

1936 yili tug‘ilgan. O‘rta Osiyo Davlat universiteti filologiya fakulteti jurnalistika bo‘limini tamomlagan. Falsafa fanlari doktori, professor. Hozirda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti tasviriy san’at tarixi va nazariyasi kafedrasi professori. So‘nggi 20 yil ichida o‘ndan ortiq nazariy-metadalogik tadqiqotlar davomi…

Nodira Barotova (1969)

1969 yilda tug‘ilgan. ToshDUning o‘zbek filologiya fakultetini tugatgan. Ayni paytda Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi 2-son akademik litseyi o‘qituvchisi. Uning “Yuragimning zangori rangi” nomli she’riy to‘plami nashr etilgan. * * * Bu yo‘llarning yo‘qday oxiri, Yuraverdim kuz bog‘larida. Xayolimni sochib davomi…

Abdurazzoq Obro‘y (1956)

Taniqchi hajvchi, shoir va yozuvchi Abdurazzoq Obro‘y 1956 yili Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. 1985 yili Moskva davlat universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan. O‘zbekiston Milliy axborot agentligida, “Mushtum” jurnalida, “Vatanparvar” gazetasida xizmat qilgan. Nafaqadagi podkolkovnik. U “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist” unvonini davomi…

Dilorom Ismoilova (1965)

1965 yilda tug‘ilgan. SamDUning o‘zbek-tojik filologiyasini tugatgan. “Yuragimda gul shiviri”, “Rayhon isli kunlar”, “Sog‘inib ketdim”, “Mehribonim, qaydasiz” to‘plamlar muallifi. “Shuhrat” medali sohibasi. Yuzing oq tongmidi Yuzing oq tongmidi, subhidam chog‘i, Muhabbat nasimi qo‘zg‘alib yeldi? Men sevib qoldimmi, umrim shomida, Borib davomi…

Asqar Qosim (1946-1986)

1946 yilda tug‘ilgan. ToshDUning filologiya fakultetida tahsil olgan. Shoirning “Favvora”, “Moviy osmon”, “Zamin ko‘rki”, “Tolbargak”, “Ko‘ngil kabutari”, “Sirlar” nomli to‘plamlari nashr qilingan. U tarjimon sifatida Yevripidning “Medeya”, Esxilning “Qabr oldidagi qurbonlik” asarlarini o‘zbek tiliga o‘girgan. Shoir 1986 yilda vafot etgan. davomi…

Shodmon Sulaymon (1975)

1975 yilda tug‘ilgan. Filologiya fanlari nomzodi. Buxoro Davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakultetini tugatgan. “Xosiyatli kun”, “Kuz xayoli”, “Tug‘ilgan kun” kabi she’riy va nasriy to‘plamlari; “Qaynoq qum kengliklarida”, “She’riy san’atlar sehri”, “Adabiyot nazariyasiga oid tushunchalar”, “Adabiyotshunoslik atamalarining qisqacha izohli lug‘ati”, “Mutolaa davomi…

Munavvara (1965)

1965 yilda tug‘ilgan.  Toshkent Davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan. Ayni kunda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi vazifasida xizmat qiladi. Uning “Oila omonligi til bilan”, “Qizlarjon!”, nomli publitsistik risolalari; “Diydor”, “Sizga o‘xshasin”, “Sog‘inch manzili” kabi she’riy to‘plamlari davomi…

Abdumajid Azim (1957)

1957 yilda tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetida o‘qigan. Shoirning “Qalbimning Vatani”, “Quyosh bolasi”, “Yorug‘lik olami” singari she’riy to‘plamlari chop etilgan. Ayni paytda “Hurriyat” gazetasida faoliyat yuritmoqda. * * * Ko‘ngil, sen o‘zingni ovutib yasha, Taqdiri azalning ishiga ko‘ngil. Umrning past-baland yo‘llari davomi…