Shodmon Otabek. Hammasi havasdan boshlangan

Aksariyat ijod ahlida adabiyotga, ijodga havas kitobga, kitobxonlikka havasdan boshlanadi. Kaminada ham shunday bo‘lgan. Qishlog‘imizda mo‘jazgina kutubxona bo‘lardi. U yerga ilk bor katta yoshli bolalarga ergashib, ularga havas qilib borganman. Kutubxonachi Donoxon ayaning yaxshi bir odati bor edi. Yosh kitobxonlar davomi…

Naim Karimov. Najot adabiyotdadir

O‘tgan asrning 30-yillarida dunyoga kelgan avlod bilan hozir shakllanib borayotgan avlod o‘rtasida yer bilan osmonchalik farq bor. Bu avlod Ikkinchi jahon urushining tahlikali yillariyu, urushdan keyingi davr mashaqqatlarini boshidan kechirdi. 50-60-yillarda esa “zulm saltanati”da yashagani va yashayotganini tushunib, “g‘urur” nimayu, davomi…

Oydin Hojiyeva. Yo‘limdagi chiroqlar

Bolalikning xotiralari nurli chiroqday doim inson yo‘llarini yoritib turadi. Kim biladi, balki bekinmachoq o‘ynab yurgan kezlaring, dugonalar bilan “to‘ptosh”, “beshtosh” o‘ynagan paytlaringdagi beg‘uborliklar she’rning daragiga o‘xshar. Qishloq to‘ylarida Sarvar xola, Robiya xolalarning yurakni sel qiladigan termalaridan ko‘ngilga she’riyatning shu’lasi tushgandir. davomi…

Forsiy tildagi adabiyotning zabardast tarjimoni (Hamidjon Homidiy bilan suhbat) (2014)

O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi huzuridagi ixtisoslashgan ilmiy kengash mening nomzodlik dissertatsiyamga O‘zbekiston fan arbobi, Xalqaro Firdavsiy mukofotining sovrindori, nozikta’b adib Shoislom Shomuhammedovni rasmiy opponent qilib belgiladi. Ertasi kuni dissertatsiyaning bir nusxasini yo‘llanma xat bilan olib, Toshkent Davlat universitetining Sharqshunoslik fakultetiga yo‘l davomi…

Anvar Obidjon. Ajinasi bor yo‘llar (qissa)

(Turmush kechinmalari) BOShLOV Xo ishoning, xo ishonmang, yozayotg‘onimda tirik edim.Gulmat ShOShIY Og‘zingga kelganini gapiraverma, esingga kelganini yozaver.Kulkul afandi Yozsammi, yozmasammi?Yozmasam, o‘zimni o‘zimdan haydab yashayotgandekman. Shuni his qila boshlashim bilanoq yuragim siqiladi. Yozsam, o‘zim uchun ham, ba’zi-birovlar uchun ham qanchalar og‘riqli davomi…

Naim Karimov. Abdulla Qodiriyning Qozon safari

Xalqlar va adabiyotlar o‘rtasida do‘stlik aloqalarining o‘rnatilishi va kamol topishida yozuv madaniyati, xususan arab yozuvi yaqin-yaqingacha g‘oyat katta rol o‘ynab kelgan. Bu yozuvning asosan undosh tovushlarni ifodalovchi harflarga asoslanganligi shu yozuvda bitilgan kitoblarning O‘rta Osiyo, Kavkaz va Volga bo‘ylarida yashagan davomi…

Hamidulla Akbarov. Adib tafakkuri, aktyor talqini (yozuvchi va ijrochi hamkorligi masalalari)

Ijrochilik san’ati hamda yozuvchi faoliyati bir-biriga o‘xshash ko‘rinadi. Aktyor ham, adib ham qahramonini, u istiqomat qiladigan mediamuhitni tasavvur etadi, personajning har bir daqiqadagi hayotini hamda unga jo‘r bo‘ladigan jismoniy harakatini “kuzatib boradi”, o‘ylari hamda talaffuz etayotgan so‘zlari biri ikkinchisini ifodalashini davomi…

Erkin Vohidov. Dil tubiga cho‘kkan lahzalar

SOF O‘ZBEKChA SO‘Z Biz universitetning birinchi bosqichida tahsil olayotganimizda Ozod Sharafiddinov aspiranturani endigina tugatib, dars bera boshlagan yosh domla edi. Qardosh xalqlar adabiyotidan bir turkum ma’ruza o‘qigan Ozod aka Nizomiy Ganjaviyning “Xusrav va Shirin” dostonidagi lavhani shunday bayon qilgan edi: davomi…