Akbar Rustamov. Kasal (hikoya)

Har galgidek, ishxonada qog‘ozlarga ko‘milib turgan edim, telefon qo‘ng‘irog‘i diqqatimni bo‘ldi. Oyim ekanlar: “Tez kela olasanmi? Opangnikiga borishimiz kerak…” Opam betobligini ertalab eshitgan, kechqurun ishdan qaytar mahali kirib o‘tishni rejalashtirgandim. Favqulodda qo‘ng‘iroqdan xavotirim yanada oshib, javob so‘rashni ham nasiya qilgancha, davomi…

Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Professor darsxonaga kirib kelishi bilanoq talabalaridan ajoyib bir testga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘radi. Talabalar biroz tashvishga tushgan holda test boshlanishini kutishar edi. Muallim har doimgidek test qog‘ozini orqa o‘girib tarqatib chiqdi. Talabalar test savollarini o‘qish maqsadida qog‘ozni o‘girishdi. Qog‘oz o‘rtasida bitta davomi…

Ziyolilar: kim nima o‘qiyapti?

«Yangi kitob» nashriyoti va ziyouz.uz portali hamkorlikda kichik tadqiqot o‘tkazdi. Yurtimiz ziyolilaridan ayni kunlarda qanday kitob o‘qiyotgani so‘raldi va 120 dan ziyod javob olindi. Shu tariqa o‘ziga xos ma’lumotlar zaxirasi jamlandi. Atoqli olimlar, yozuvchi-shoirlar, adabiyot va boshqa soha vakillari – davomi…

Jamila Ergasheva. Gap (hikoya)

Milisada ishlaydigan Suyunboyning o‘g‘li huquqshunoslik institutiga o‘qishga kiribdi. Er-xotin quvonchlari ichiga sig‘may, bir qo‘zi so‘yib, qarindoshlarni uyga chaqirishdi: aka-uka, opa-singil, amma-xola, yangalar, kelinlar… Erkaklar hovlida o‘tirishdi, xotin-xalaj bemalol o‘tirsin deb, ichkariga joy qilishgan ekan. Katta konditsioner g‘uvullab turgan keng, hashamatli davomi…

O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamolga Yevroosiyo universiteti faxriy doktori unvoni berildi

Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol tavalludining 80 yilligi nishonlandi. Shu munosabat bilan Ozarboyjon Milliy fanlar akademiyasi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot institutida “Jamol Kamol va Ozarboyjon adabiyoti” mavzusida xalqaro anjuman tashkil etildi. Anjumanda nutq so‘zlagan Adabiyot instituti davomi…