Obidjon Karimov. Metafora – poetik tafakkur asosi

Yunon mutafakkiri Arastu o‘zining “Poetika” asarida shoirga tavsiyalar berarkan, metafora qo‘llashda ijodiy mohorat kerak­ligini alohida uqtiradi va ta’kidlaydiki: “… faqat shunigina o‘zgalardan o‘zlashtirib bo‘lmaydi, bu qobiliyat (ya’ni metafora yaratish – O.K.) iste’dodning belgisi bo‘lib xizmat qiladi. Axir, yaxshi metaforalar yaratish davomi…

Shahnoza Nazarova. Perpendikulyar tasavvurlar

Dunyo folklorshunosligida ertaklarni o‘rganish, tadqiq qilish usullari va yo‘llari doimo yangilanib borgan. Motivlar tizimining o‘sishi va o‘zgarishi oqibatida syujetning vujudga kelishiga ko‘ra tadqiqotlar, asosan, motivlarni tekshirish, kuzatish, tasniflash yo‘nalishida olib borilgan. O‘zbek ertaklaridagi shart-sinov motivi masalasi muallif belgilagan mavzuga bo‘ysungan davomi…

Akbar Sabirdinov. Oybek va Emil Verxarn

Emil Verxarn XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida yashagan jahon adabiyotining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri bo‘lib, simvolizmning formal izlanishlari pafosiga sug‘orilgan she’riyati bilan mashhurdir. She’riy texnikani takomillashtirish, shaklini yangilash yo‘lidan borgan E.Verxarn ta’siri Oybekning “Mash’ala” (1932) to‘plamidan o‘rin olgan davomi…

Oydin Hojiyeva. San’atkor tarjimon (Zulfiya)

Zulfiya tarjimalarining o‘zi bir olam. Ular oftobday nur sochib turadi. U o‘zbek tiliga o‘girgan she’rlar tuyg‘ular, ehtiroslarga yo‘g‘rilib, xuddi asl nusxa kabi qiymat kasb etadi. Zulfiya o‘zbekchalashtirgan buyuk Pushkinning otash-alangali she’rlari maftunkor, o‘rtanish va iztiroblari joningizga titroq soladi. Pushkinning qaynoq davomi…

Baxtiyor Nazarov, Qo‘ziboy Qoraboyev, Abdulla Oripov. Elimiz dardu quvonchi — tilimiz (1989)

Jurnalimizning o‘tgan sonida «Muallif mulohazasi» rubrikasida ilk bor taniqli dramaturg va publitsist Abduqahhor Ibrohimovning maqolasi yoritilgan edi. Tilimiz muammolari — bugungi davra suhbatida qatnashayotgan mualliflarimiz mulohazalari ham shu mavzuga qaratilgan. Davra suhbatida respublikamizning taniqli ijodkorlaridan Abdulla Oripov, filologiya fanlari doktori, davomi…