Tashqaridan ko‘ringan o‘lim

«Darhaqiqat, (jon) xalqumga yetgan, (vafot etayotgan kimsaga atrofidagilar tomonidan): «Dam solib-o‘qib qo‘yguvchi biron kishi bormi?», deb qolingan, (jon taslim kilayotgan kimsaning) o‘zi (bu holatning hayoti-dunyodan) ajralish ekanini anglagan va (jon berish qiyinligidan) oyoqlar bir-biriga chalmashib qolgan bir vaqtda – ana davomi…

Ilm – eng buyuk sharaf

Asalari bilan inson bolasi o‘rtasidagi farq haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Yigirma kunlik asalarini guldan gulga qo‘nib, asal yig‘ayotganini ko‘p ko‘rgandirsiz. Inson farzandi esa faqatgina ikki yoshdan oyoqqa turadi, gapirishni o‘rgana boshlaydi. 6-7 yoshida maktabga boradi. O‘qishni, yozishni o‘rganadi. Litsey, universitetni davomi…

Abu Nasr Forobiy – Sharqning ikkinchi muallimi

Fan va madaniyat olamida o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lgan ulug‘ mutafakkir, zabardast olim, buyuk allomalardan biri, shubhasiz, Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon Forobiydir (873—950). Dunyo fani va madaniyati, uyg‘onish davrining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri bo‘lgan Forobiy davomi…

Buyuk faylasuflar turkumidan: Jan Pol Sartr

Sartrning ijodida adabiy ijod va san’atga katta o‘rin ajratilgan. U o‘zining «Adabiyot nima?» risolasida zamonaviy jamiyatdagi san’atkor mavqei haqida fikr yuritib, «Nimani yozish kerak?» degan savolni o‘rtaga tashlaydi. «Nosir yozadi – bu aniq, shoir ham yozadi, – deydi Sartr. – davomi…

Beruniy Yerning kattaligini qanday o‘lchagan?

Beruniy (973-1048) yoshligidayoq ko‘p vaqtini turli kuzatishlar bilan o‘tkazgan. U bolalik chog‘larida astronomik asbob yasagan. Xorazmning turli joylari koordinatlarini aniqlash bilan shug‘ullangan va 995-996 yillarda Kot shahrida diametri 15 ziro’ (Ziro’ – qadimgi o‘lchov birligi, 49 santimetr chamasida) bo‘lgan doira davomi…

Feliks Medvedev. Nikolay II tirikmi?

Tarixda yozilishicha va biz shu kunga qadar ishonib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning eng so‘nggi podshosi Nikolay II va o‘sha davrning saroy malikalari bo‘lmish buyuk knyaginyalar – shohning xotini va qizlari 1918 yilning iyulida bolsheviklar hukumati tomonidan otib tashlangan edi. Ammo davomi…

Qurol va jodu

Tarixdan ma’lumki, «Kenigsberg-13» maxfiy laboratoriyasida gitlerchilar psixotrop qurolini ishlab chiqarishar edi. Bu tajribaxona esa Kpaypxof orolining kafedral ibodatxonasi yonida joylashgandi. Hozirgi kunda bu orol Kaliningradning deyarli markazida bo‘lib, Immanuil Kant nomi bilan ataladi. O‘sha, eski kafedral ibodatxonasidan tashqari bu yerda davomi…

Napoleonning sirli o‘limi

Mashhur tarixchilar ham Napoleonning 1769 yil 15 avgustda tug‘ilganiga shubha qilmaydilar. Biroq imperatorning o‘limi borasida gap ketganda turli fikrlar qalashib yotadi. Ayrimlar uni 1821 yil 21 may kuni Muqaddas Yelena orolida qazo qilgan deyishasa, ayrim bu taxminni mutlaqo inkor etishdan davomi…