Ahmad A’zam. Vatan haqida yozishga kuchim yetmagan she’rim (novella)

Eski shaharning eski bir hovlisida turaman.Do‘ppidek hovlicha, yozuv-chizuvim bilan unga sig‘may, tepaga – boloxonaga chiqib olganman; derazadan faqat tomlar, tomlar orasidan boshini chiqargan daraxtlaru onda-sonda uchib o‘tgan qushlar ko‘rinadi; oftob nuri to‘g‘ri men yozadigan qog‘ozlarga tushadi, ko‘zimni qamashtiradi; shovqin yo‘q, davomi…

Ahmad A’zam. Bir kam dunyo (novella)

Ketyapman. Tepamda ko‘p-ko‘k osmon. Qarshimda kirmizi quyosh, botaymi, botmaymi deb, daraxtlarning shoxiga omonat qo‘ngan. G‘ir-g‘ir shabada. Asfalt yo‘lka top-toza, shinam. G‘ivirlab yurgak chumchuklar men yaqinlashganda dik-dik qochadi. O‘rindiqda yigit bilan qiz huzur qilib o‘pishmokda. “Eru xotin — qo‘sh ho‘kiz”, degan davomi…

Ahmad A’zam. Tiqin (hikoya)

Rahmsiz olomon, sizga ne kerak?Rauf PARFI Odam — ijtimoiy mavjudot, qadim-qadim zamonlarda hayvonlarni ko‘plashib ovlagan vaqtlaridan beri kelayotgan ko‘nikma uni doim o‘zini to‘daga urishga, ko‘pchilik bilan, ko‘pchilik ichida bo‘lishga undaydi. U yolg‘iz qololmaydi, yolg‘izlikning o‘zi ham ko‘pchilik  orasida ma’nili, ko‘plikka davomi…

Anvar Namozov. Azal kotiblari (qissa)

1 Xoliyor ustiga choyshab yopilgan oyoqlarini qimirlatdi. Tep-tekis solingan choyshab tagida ular karavotning narigi uchigacha qimirlashi kerak edi-ku… Endi oyoqlarining, to‘g‘rirog‘i, oyog‘ining panjalari beshta, tovoni bitta. Endi hatto tizzasi ham bitta. Oyog‘i esa bir yarimta, undan ham kamroq.Endi u chopib-chopib, davomi…

Anvar Namozov. Notanish (qissa)

G‘aybarov tebranma kursida o‘tirar ekan, ko‘zlarini yumib olgan edi. Ish og‘ir, o‘ziga xos yuki bor. Mansab pillapoyalari bo‘ylab ko‘tarilish chetdan qaraganda, yaxshidir, ammo uning zalvori, mashaqqatlarini har kim ham his etolmaydi. Aqliy mehnat bo‘lsa-da, tinkangni quritadi, ezib tashlaydi. Yutoqib-yutoqib chekkaningda davomi…