Umidiy (1835-1905)

Umidiy (Havoiy, Marg‘iloniy — taxalluslari; asl ism-sharifi Muhammadumar qori Ne’matulla oxun o‘g‘li) (1835 — Marg‘ilon shahri — 1905) — shoir, tarixchi. Hayoti Farg‘ona va Marg‘ilonda, Sharqiy Turkiston (Qashqar)da kechgan, Furqat, Muqimiy va boshqa shoirlar bilan yaqin ijodiy hamkorlikda bo‘lgan. Ijodiy davomi…

Muazzamxon (1833-1917)

Muazzamxon Mirsaid qizi (19-asrning 2-yarmi, Xo‘jand — 1917, Jizzax) — shoira. Muazzamxon o‘zbek va fors mumtoz adabiyoti namoyandalarining ijodi bilan chuqur tanishgan, aruz vaznini mukammal o‘zlashtirgan va har ikkala tilda ham ijod qilgan. Muazzamxonning 1000 misradan ortiqroq devon tartibida tuzilgan davomi…

Maxmur Koriziy (1820-1876)

Abdulkarim Barot o‘g‘li Maxmur Koriziy 1820 yil Jizzaxga qarashli Koriz qishlog‘ida kambag‘al dehqon oilasida dunyoga keldi. U 16 yoshlarida Farg‘ona vodiysining markaziy shaharlaridan biriga tahsilni davom ettirish uchun boradi. Bir she’rida esa yigirma besh yoshlarida yana Jizzax vohasiga qaytib kelganini davomi…

Rojiy Xo‘qandiy (1871-1924)

Rojiy, Sulaymonqul usta Suyarqul o‘g‘li (1871 — Qo‘qon — 1924.11.11) shoir, xattot. Qo‘qon madrasalarida tahsil ko‘rgan. Rojiy ishqiy g‘azallar, satirik she’rlar, ta’rixlar yozgan. Ularda samimiy muhabbat ulug‘langan, 1-jahon urushi voqealari aks etgan, insonning jamiyatda tutgan o‘rni va qadr-qimmatiga baho berilgan. davomi…

G‘urbat (1850/53-1918)

G‘urbat (taxallusi; asl nomi Abdulla Maxdum Karimberdi o‘g‘li) (1850/53 — Farg‘ona viloyati Beshariq tumani — 1918) — shoir. Qo‘qonda Muhammad Alixon madrasasida o‘qigan. O‘zbek va tojik tillarida diniy-tasavvufiy va dunyoviy mavzularda ijod qilgan. Asarlarining katta qismini lirik g‘azallar tashkil etadi. davomi…

Pisandiy (1816-1918)

Avazmuhammad Yormuhammad o‘g‘li Pisandiy 1816 yilda Qo‘qondagi Mulla Boshmon mahallasida tug‘ilgan. U yoshligidanoq ota kasbi kosibchilik (atlas to‘qish)ni egallaydi, dastlab mahalla domlasida, so‘ng Qo‘qondagi Oxun devon madrasasida ta’lim oladi. U o‘zbek va fors tojik adabiyoti klassiklarining merosini o‘rgandi va har davomi…

Vola (1770-1842)

Vola (taxallusi; asl ismi Eshonxo‘ja Mirinoyatullo o‘g‘li) (1770 — Samarqand viloyati Ishtixon tumani — 1842) — o‘zbek shoiri. Vozehning «Suhbatdoshlar tarjimai holidan do‘stlarga tuhfa» tazkirasida keltirilishicha, Vola tug‘ma ko‘zi ojiz bo‘lgan. Shunga qaramay u turkiy va forsiy tillarda ijod qilgan. davomi…

Vafoiy (XVII-XVIII asr)

Vafoiy XVII asrning oxiri, XVIII asr boshlarida Xorazmda yashab ijod etgan shoirdir. Hozirgacha uning devoni topilgani yo‘q. Munis Xorazmiy o‘zining «Firdavsul-iqbol» asarida Vafoiy ijodiga yuksak baho beradi.Munisning aytishicha, Vafoiy iste’dodli shoir bo‘lish bilan birga naqqosh va.yaxshi binokor usta me’mor ham davomi…

Ma’dan (1762-1838)

Ma’dan – Odinamuhammad Avazmuhammad o‘g‘li (1762, hozirgi Tojikiston Asht tumani — 1838) — shoir. Kamina taxallusi bilan she’rlar yozgan. She’riyatdagi shuhrati butun Qo‘qon xonligiga tarqalgan. Madalixon taklif qilganda, shoir saroyga borishdan bosh tortadi. Ma’dan she’rlaridan devon tuzgan, bir qancha she’rlari davomi…

Poshshoxoja (1480-1547)

Poshshoxoja, Poshshoxo‘ja Abdulvahobxoja o‘g‘li, Xoja (1480, Niso — 1547, Buxoro) — shoir, davlat arbobi va yirik ulamo. Otasi — Abdulvahobxoja Sulaymonxoja o‘g‘li o‘z davrining yirik tasavvuf shayxi va shoiri bo‘lgan. Poshshoxoja Niso va Marv madrasalarida tahsil olgan. Muhammad Shayboniyxon qozoq davomi…