Usmon Nosir (1912-1944)

30-yillarning ko‘zga ko‘ringan, el og‘ziga tushgan iste’dodli shoiri Usmon Nosir 1912 yil 13 noyabrda Namangan shahrida dunyoga keldi. Yoshligi Qo‘qonda bolalar uyida o‘tgan Usmon o‘rta maktabni bitirgach, 1931 yildan boshlab Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universitetining til va adabiyoti fakultetida davomi…

Shukrullo (1921-2020)

Iste’dodli shoir, dramaturg va nosir Shukrullo (Shukrullo Yusupov) 1921 yil 2 sentyabrda Toshkent shahrining Shayxontohur dahasida tug‘ilgan. Dastlabki ta’limni olgach, pedagogika bilim yurtida (1935), so‘ngra Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutida, Davlat universiteti qoshidagi aspiranturada o‘qigan. U turli gazeta va davomi…

Jabbor Eshonqul. Tush va axloq (2002)

Sen menga tushingni ayt, men sening kimligingni aytib beraman, deydi ruhiyatshunoslar. Darhaqiqat, tushda insonning ruhiy olamiga doir ulkan haqiqat yashirin.Xo‘sh, insonni uning ko‘rgan tushi orqali bilish mumkinmi? Ha, bilish mumkin. Bilganda ham o‘zimiz kutgandan ham ortiqroq bilishimiz mumkin. Buning uchun davomi…

Ozod Sharafiddinov. Millatni uyg‘otgan adib

Agar mendan shuncha yil yashab umringdan topgan quvonching va mamnuniyating nima bo‘ldi deb so‘rasalar, men hech ikkilanmasdan Oybek va G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor va Shayxzoda kabi buyuk so‘z san’atkorlari bilan zamondosh bo‘lganim, ularning suhbatlaridan bahramand bo‘lganim, betakror asarlarIdagi go‘zallik va davomi…

Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy o‘gitlari

Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy hozirgi zamonda dunyo jamoatchiligi tomonidan eng ilg‘or demokratik tamoyillarga amal qiluvchi, ilohiyot va dunyoviylikni insonparvar nuqtalarda tutashtirgan, jahonda eng ko‘p muxlisga ega bo‘lgan Xojagon-naqshbandiya tariqati asoschisidir.Mutafakkirning G‘ijduvon shahri tub aholisi tilida faol qo‘llanadigan nomi — Xojayi jahon. davomi…

Muhammadjon Imomnazarov. Jahon tan olgan shoir

Hind forsiyzabon she’riyatining charog‘on yulduzi Amir Xusrav Dehlaviy bo‘lib, bo‘lg‘usi shoirning otasi Sayfuddin Mahmud XIII asr boshlarida O‘rta Osiyoga yopirilgan Chingizxon qo‘shinlarining balosidan o‘z elatini saqlab qolish maqsadida vatani Shahrisabzni tark etib, Hindiston sari yuzlangan edi. Ma’lumki, XII asr boshlarida davomi…

Tohir Malik. Ibrat maktabi

Qalam ahlining pirlaridan sanalmish Abdulla Qodiriyning mahorati haqida gap aytishga kamina tomonidan urinish bo‘lib edi, endi yangiroq fikr bayon qilish mas’uliyatini zimmamizga yuklab, qo‘lga qalam olmoqqa jur’at etdik. Abdulla Qodiriyning adabiy til borasidagi mahoratlarini durlar xazinasiga qiyoslashimiz mumkin. Adibning hikoyalari, davomi…

Ergash Ochilov. Jahoniy tariqat asoschisi

Musulmon Sharqida mashhur tariqat piri, xojagon-naqshbandiya silsilasining asoschisi Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy 1103 yili Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. Manbalarning guvohlik berishicha, uning otasi Imom Abduljamil Haqqa yaqin kishi edi. Imom Molik avlodidan bo‘lgan bu najib inson o‘z davrining ulug‘ donishmandlaridan davomi…

Ozod Sharafiddinov. Adabiyotimiz fidoyisi

Shoir va dramaturg, adabiyotshunos va tarjimon, tarixchi va mutafakkir, notiq va pedagog — bularning bari hozir, ya’ni 1950 yilda biz — talabalarga ma’ruza o‘qishga shaylanib, ko‘z oynagini dastro‘moli bilan artib turgan odamda jamuljam edi. O‘rta bo‘yli, miqti gavdalik, jingalak sochlari davomi…