Murod Xidir (1939-2023)

Murod Xidir 1939 yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Olaqo‘yliq qishlog‘ida tug‘ilgan. U 1962 yilda Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

Ijodkor “Qashqadaryo haqiqati” va “Kelajak tongi” gazetalaridagi publitsistik maqolalari bilan elga tanilgan.

Murod Xidir “Guliston”, “Sharq yulduzi” va “San’at” jurnallarida ham faoliyat yuritgan. “Sirli olam” jurnali, “Qalb ko‘zgusi” va “Sohibqiron yulduzi” gazetalarida bosh muharrirlik vazifasini bajargan. Shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida turli lavozimlarda ishlagan.

Murod Xidir “Qirg‘oqlar”, “Amu sohillar bo‘ylab”, “Ko‘zacha va bo‘tacha”, “Toshko‘l”, “Kiyikcha va bo‘ynoq”, “Harf o‘yini” kabi kitoblar muallifi.

O‘xshash maqolalar: