Muhammadjon Mirzamuhamedov (1933)

Yozuvchi va tarjimon Muhammadjon Mirzamuhamedov 1933 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ko‘p yillar markaziy «Pionerskaya pravda» gazetasining O‘zbekistondagi maxsus muxbiri bo‘lib ishlagan.

M. Mirzamuhamedov ko‘plab o‘zbek yozuvchilarining — O‘lmas Umarbekovning «Bu men, ona», «Sevgim, sevgilim» hikoyalar va qissalar to‘plamlarini, o‘zbek yozuvchilarining «Qizilishton» hikoyalar to‘plamlarini, J. Abdullaxonovning «Yo‘l», Sh. Xolmirzayevning «Qil ko‘prik» romanlarini va ko‘plab asarlarni rus tiliga o‘girgan.