Karimov Bahodir Nurmetovich 1966 yilning 7 fevralida Turkmaniston Respublikasining Toshhovuz viloyati Tozayormish qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDU (hozirgi O‘zMU) o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan (1991).
“Vadud Mahmudning 20-yillar adabiy tanqidchiligidagi o‘rni” mavzusida nomzodlik (1995), “XX asr o‘zbek adabiyotshunosligida talqin muammosi” (qodiriyshunoslik misolida) mavzusida doktorlik (2002) dissertatsiyalarini himoya qilgan.
“XX asr o‘zbek she’riyati antologiyasi”, “XX asr o‘zbek hikoyasi antologiyasi”, “O‘zbek adabiy tanqidi antologiyasi” kitoblarining g‘oya muallifi va tuzuvchilaridir biri. “Jadid munaqqidi Vadud Mahmud”, “Qodiriy qadri”, “Yangilanish sog‘inchi”, “Abdulla Qodiriy: tanqid, tahlil va talqin”, “Adabiyotshunoslik metodologiyasi” kabi kitoblar muallifi.
Shuningdek, u 70 dan ziyod ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar, shu o‘rinda, 6 ta risola, 64 ta ilmiy maqola va o‘quv-uslubiy ishlar muallifi.
Bahodir Karimov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi” unvoniga ega bo‘lgan (2020).