Abdurashid Nurmurodov (1955)

Abdurashid Nurmurodov 1955 yili Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. Nizomiy nomidagi Davlat Pedagogika universitetining filologiya fakultetini tugatgan.

“Urush bevalari”, “Tutash taqdirlar”, “Qonli yo‘rgaklar”, “Bolalikka otilgan o‘q”, “Tazarru”, “Krovavaya pelena”, “Qon hidi”, “Nurafshon yog‘du” kabi asarlari chop etilgan.

“Qonli yo‘rgaklar” asari yozuvchining butun Sovet Ittifoqi bo‘ylab safari chog‘ida 3 mingdan ortiq afg‘on urushi veteranlari bilan qilgan suhbatlari, hamda bu nogiron sobiq askarlarning xotiralariga asoslangan.

“Ko‘kdagi umr” asari afg‘on urushida nobud bo‘lgan 1448 nafar o‘zbekistonlik askarlar haqidadir.