Tulki bilan kaklik

Tulki bilan kaklik sichqonlarni tutish uchun o‘t-o‘lan yoqmoqchi bo‘lishibdi. Kaklik tulkiga:
— Sen anavi o‘t-o‘lanlarning orasiga yashirinib o‘tir, men bir boshdan yoqa boshlayman, — debdi. Tulki o‘tlar orasidan chuqur topib, tushib o‘tiribdi. Kaklik o‘tlarni yondirib bo‘libdi-da:
— Tulki, qaydasan? Yonib ketmadingmi? — deb so‘rabdi. Tulki “yo‘q” deb chiqibdi. Keyin kaklikka:
— Endi sal nariroqqa boramiz-da, sen yashirinasan, men yoqaman, — debdi. Kaklik qalin o‘t orasiga kirib ketibdi. Tulki o‘tlarni bir boshdan yoqa boshlabdi va kaklikdan: Isib ketmayapsanmi? deb so‘rab turibdi. Shunda tulki o‘tni to‘rt tomondan yoqib yuboribdi. Kaklik jizg‘inak bo‘lib ketibdi. Tulki tayyor kaklik kabobni uyiga olib jo‘nabdi.