Makkor maymun

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan qadim zamonda o‘zlari yashab turgan joyning qoq o‘rtasida ikki kishi yashab o‘tgan ekan. Ular bir kuni o‘tirib, boshqa joylarga borishni, u yerlarni aylanishni va boylik orttirib kelishni maslahat qilibdilar. Ular birgalashib bir joyga sayohatga chiqibdilar. Yo‘l yurib, yo‘l yursa ham mo‘l yurib, qiru dashtlardan, daryodan oshib, nihoyat, bir shaharga boribdilar.
Biri ayron sotuvchi, biri do‘kon ochib do‘kondor bo‘libdi. Ayron sotuvchi ayronga suv qo‘shib ishni yuritavergan ekan. Uning do‘sti ham asta-sekin boylik orttiraveribdi. Ular yemay, ichmay, kiymay bir xurjun pul orttiribdilar. Shuncha boylikka qanoat qilmay, ular uylariga ketish oldidan maymun sotib olibdilar.
Do‘kondor bilan ayronchi kemada shaharlariga qarab yo‘l olibdilar. Ular daryoda bir nimagadir mashg‘ul bo‘lib o‘tirganlarida, kemadagi maymun xurjunni olib og‘zini daryoga qaratibdi. Savdogarlar xurjun ichidagi hamma boyliklarning suv betida yurganini ko‘ribdilar. Shunday qilib, bu makkor maymun ikkita kishiga pand beribdi. Ikki kishi suvga sakrashibdi, suvdan chiqolmay cho‘kib ketibdilar. Maymun esa qirg‘oqqa chiqib olibdi.