Itning javobi

Birov itga aytibdi:
— Sen nimaga eski to‘nni qopasan. Yangi to‘nni qopmaysan? It aytibdiki:
— Kambag‘al halolxo‘r, men haromxo‘r. Kambag‘al mening dushmanim bo‘lgani uchun men uni qopaman. Boylarni qopmasligimning sababi shuki, boy haromxo‘r, men ham haromxo‘r. Shuning uchun boylarni qopmayman.