Echki

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir kampir bo‘lgan ekan. Uning bir qizi va echkisi bor ekan.
Kunlardan bir kuni kampir qiziga: “Bolam, echkini o‘tlatib kelgin”, debdi. Qiz xo‘p debdi-da, echkini qirga olib chiqib, kechgacha o‘tlatibdi. Kechqurun boigach, kampir echkidan so‘rabdi.
— Qalay, echkijon, yugurib-yugurib, dam oldingmi, mazza qilib, barra o‘t yeb, suv ichdingmi? Qirlarda chopdingmi? — desa, echki xo‘mrayib shunday debdi:
— Yo‘q, yugurib-yugurib, dam olmadim, mazza qilib, o‘t yemadim, qirdan qirga chopmadim. Jahli chiqqan kampir echkini kaltak bilan urgan ekan, u arqonni uzibdi-da o‘rmonga qochib ketibdi.
U o‘rmonda egasiz uyga joylashib olibdi. Bu uy quyonning uyi ekan. Quyon echkiga yalinibdi, iltimos, uyni bo‘shatib ber, debdi. Lekin natija chiqmabdi. U xafa bo‘lib ketayotsa, ot uchrabdi.
— Ha, quyonjon, nega xafasan? — debdi.
Quyon bo‘lgan voqeani aytib beribdi. Ot:
— Ha, shunga ham xafa bo‘lib oiiribsanmi? Yur, uyingni olib beraman, — debdi. U echkiga do‘q uribdi, buyuribdi, lekin natija chiqmabdi. Ot boshini quyi solib, ketibdi. Quyon xafa bo‘lib, diqqati oshib borayotsa, yo‘lda eshak uchrabdi. Eshak:
— Ey, quyonjon, nega xafasan, debdi. Quyon bo‘lgan voqeani aytib beribdi. Eshak:
— Ey, shunga xafamisan, yur, uyingni olib beraman, — debdi. U avval rozi bo‘lmabdi. Lekin eshak qistayvergach, birgalashib borishibdi. Lekin natija chiqmabdi. Quyon yana xafa bo‘lib ketaveribdi. Shunda quyonjonga bir to‘p arilar duch kelibdi. Quyonjon arilarga bo‘lgan voqeani aytib beribdi. Arilar, haydaymiz, deyishibdi. Quyon hech ham rozi bo‘lmabdi. Chunki arilarning kuchi yetmaydi, deb o‘ylabdi.
Ammo arilar zo‘rlayvergach, borishibdi. Arilar echkiga do‘q urishibdi. Lekin echki chiqmabdi. Shunda arilar quyonga, eshikni sal ochib tur, bizlar kirib olaylik, debdilar. Arilar uyga kirishibdida, g‘uv-g‘uv deyishib, echkini chunonam chaqishibdiki, bechora o‘zini qayoqqa qo‘yishini bilmabdi. Oxiri uydan qochib chiqib, qutulibdi. Shunday qilib, quyon yana uyiga ega bolibdi.