Kunlardan bir kuni bir tulki ovga chiqibdi. U biror joydan o‘lja topa olmabdi. Tulki xafa bo‘lib qaytayotganda yerda bitta konfet yotganmish. Sevinganidan konfetni yeb, qog‘ozini peshonasiga yopishtirib olibdi. Shundan so‘ng bir to‘da tulkilarning oldiga borib debdi:
— Ey birodarlar, endi hech qo‘rqmanglar. Men hammamiz uchun, umrbod erkin yashash uchun merganlardan qog‘oz oldim. Uni merganlarning o‘zi peshonamga tamg‘a qilib bosdi. To‘rtta tulki bamaslahat:
— Endi erkin bo‘ldik-da, — deyishibdi. Ikkinchisi esa:
— Bo‘lmasa bu kecha ovga jo‘naylik, — desa, yana bittasi:
— Shu kecha mana shu qishloqni talaymiz, — deb to‘rt tulki o‘ynab-o‘ynab ketayotganlarida, merganlar allaqachonlar bu tulkilarni nishonga olgan ekanlar. Merganlarning tozi itlari tulkilarni o‘rab olibdi. Ovchilar ularni tiriklayin qo‘lga tushiribdi. To‘rtta tulki: Qani, sen unday degan eding deyishibdi. Qog‘oz yopishtirgan tulki:
— Qanday degan edim. Xuddi ana shunday bo‘lamiz degan edim, — debdi.