Ravshan Fayz (1959-1995)

Ravshan Fayz 1959 yil 1 yanvarda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanidagi Ko‘ralos qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan (1986). «Uxlayotgan odam» (1989), «Tashrif» (1990), «Kel, ey ko‘nglim» (1997) kabi asarlari nashr etilgan. «Men shamolni tutvoldim» (1992) she’riy to‘plami bolalarga bag‘ishlangan. 1995 yil 30 avgustda Toshkent shahrida (avtoxalokat tufayli) vafot etgan.

QIShLOQ SOG‘INChI

Ey ota yurt, ey tug‘ishgan el,
Men bir o‘smir, men bitta gulni,
Orzu-havas degan tanti el
Qay bir bahor bag‘ringdan yuldi.

So‘ng taqdirga rahmatlar aytib,
O‘shal yuksak orzumga yetdim:
Tinim bilmas devona, daydi
Shamollarga aylanib ketdim.

Ulangandim yuragim bilan
Asli sening jonu jismingta.
Endi yana bu dunyo bir kam –
Orzuyim yo‘q, armonim mingta!

Endi tunlar yuragim og‘rir,
Sog‘inaman seni qishlog‘im,
Dashtlaringni eslayman og‘ir,
Qoyalarga urilgan chog‘im.

Turib-turib keladi ko‘rgim,
Sen-chi, sen ham sado bergin, hoy.
Bilinarmi hali ham o‘rnim,
Og‘riydimi men yulingan joy?!

* * *

Mana, sohilingdan ketyapman men,
Ortimda qolyapsan sarg‘ayib, sinib.
Endi senga so‘zim: yuragingni yeng.
Endi suratimga yasha isinib.

Erka hislarimni yanchib bu lahza,
Ketyapman, ketyapman teng bo‘lib toshga.
Sen ham jim kuzatgan… agar xohlasang,
Yuzlaringni yuvma, jonim, ko‘z yoshga.

Mayli, sir bo‘lib qol, asror bo‘lib qol,
Savollar yashasin men bilan birga.
Toki kun kechirmay befarq, bemalol,
Seni o‘rganayin butun umrga.

Xat-xabar qilsang-da, yuragang to‘lib,
Bari bir tilingga bo‘lolgan sobir.
Toki sen deganda ko‘ngal to‘q bo‘lib,
Shaharda xiyonat bo‘lmasin sodir.

Kara, ich-ichimdan ketmoqdaman zil,
Qara, yelkanlarin ko‘tardi kema.
Sen qoram o‘chishin kutgil, sabr qil,
Sen qoram o‘chguncha «Sevaman!» dema.

* * *

Shoshmang, qishlog‘imga ketarman bir kun,
Ketarman otamdan qolgan yurtimga.
Yoqavayron bo‘lmay, bo‘lmasdan dilxun
Ketarman, men bunda kerakman kimga?!

Bilaman, qo‘limdan tortqilar shamol,
Oyogam qo‘yvormas bu tep-tekis yer.
Bari bir ketarman befarq, bemalol,
Ketarman, kiftimga qanot bo‘lar she’r.

Bilaman, ketma, deb yig‘laydi osmon,
Ucholmas o‘shanda biron tayyora.
Men esa ketarman shunchalar oson,
Ketarman, qayrilmay eng so‘ngga bora.

Uyg‘onib hayronlar qolarsiz bot-bot,
Xat ham qoldirmayman hatto hech kimga.
Kunchil ko‘nglingizni etgancha obod,
Ketarman, otamdan qolgan yurtimga.

* * *

Ko‘nglimga orzular solgan qishlog‘im,
Olis-olislarda qolgan qishlog‘im.
Kelib qolarmi, deb har sahar, har shom
Ko‘zlari yo‘limda tolgan qishlog‘im.

Mening maqsadimdan ko‘nglim ko‘p to‘qdir,
Armon nishoniga tegmagan o‘kdir.
Orzuning izmida hamon hayotim,
Lekin bu yo‘llarning adoga yo‘kdir.
Aytgbl, selmasmidi men tanlagan yo‘l,
Sayrga elmasmidi men tanlagan yo‘l.
Olis-olislarda ovoradurman,
Borsa-kelmasmidi men tanlagan yo‘l.
Ko‘zlari yo‘limda tolgan qishlog‘im…

* * *

Seni deb bilmasman tinim nima ul,
Tejab-tergaganim seniki butkul.
Yuragamni yutib topganim senga,
Tiyinni-tiyinga urib topganim senga.

Bobolarim yotgan yerlarim qolar,
Shamollar shovuri – she’rlarim qolar.
Uzilgan kunidan nasibam, nonim
Sengadir she’r yozib orttirgan nonim.

To umr o‘tkinchi ekan – netarman,
Ertami-kech barin tashlab ketarman.
Ketarman tuproqqa teng bo‘lib, illo,
Bu-chi parvoyingta kelmaydi ammo.

Boyisi, sen o‘jar bolamsan, dunyo,
Bo‘g‘zimga sig‘magan nolamsan, dunyo.
Zorlarni bilmagan zolim, zo‘rimsan,
Dunyo, sen eng erka merosxo‘rimsan.

* * *

Men yaxshi ko‘ryapman sizni tobora.
Tobora ko‘zimdan yitmoqda tuman,
Qarangaz, qisqarib boryapti ora,
Orada to‘siq yo‘q endi umuman.

Men yaxshi ko‘ryapman sizni kun sayin,
Kun sayin yaqindir diydoringiz, yor.
Yo‘llar ko‘p ravondir, havo ham mayin,
Mayin so‘nmoqdadir kosagul, alyor.

Men yaxshi ko‘ryapman sizni shunchalik,
Shunchalik muhimdir endi zor, dodim:
Xudoyim, ishqilib salomu alik
Umricha bo‘lsa bas, qolgan hayotim.
Men yaxshi ko‘ryapman sizni tobora…