Rauf Tolib 1946 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Uning bolaligi urushdan keyingi og‘ir yillarga to‘g‘ri keldi.
Shoirning „Gulxan“, „G‘uncha“ jumallarida ishlashi bolalar hayotiga chuqurroq kirishiga sababchi bo‘ldi. Ijodiy safarlarda, respublikamizning chekka qishloqlarida bo‘lib, bolalar hayotini o‘rgandi. „Ona yurt“, „Eshitmadim demanglar“, „Yurt mehri“, „Osmon bog‘“, „Mirjalol nega lol“, „Sehrgar do‘stim bor“, „Qiziq tomosha“, kabi o‘ndan ortiq kitoblari chop etildi.
Shuningdek, u nasrda ham qalamini sinab ko‘rdi. „Hamma hayron“ nomli hikoyalar to‘plami, kichkintoylar uchun „Jirafaning bo‘yni nega uzun?“ ertaklar kitobi yuzaga keldi. Rauf Tolibning nasriy asarlari ham yosh kitobxonlar tomonidan iliq kutib olindi.
OROLIM
— Ey bolajon, bolajon,
Qanday o‘ylar dilingda?
O‘ltiribson parishon,
Bahor yashnar elingda.
— Mehmon g‘ozlarim, ko‘ring,
Tabiat topdi zavol.
Suvsiz qolib daryolar,
Qurib bormoqda Orol.
— Ey, bolajon, bolajon,
Qo‘y, o‘rtanma alamda.
Biz-la yurt kez,
Yo‘llar osh,
Dengiz ko‘p-ku olamda?
— Dengizlar ko‘p,
Ko‘llar ko‘p,
Olam kengdir, kattadir,
Men-chun yurtim yagona,
Ona Orol bittadir.
TABIB KO‘KLAM
— Ayting, ona daraxtga
Bolta urar kim?
Qandoq?
— Umi, bir nihol ekib
Ko‘kartirmagan mutloq.
— Kimdir go‘zal gulzorni
Qilibdi rosa payhon.
— Chunki u gul husniga
Boqmagan-da, lol, hayron.
— Sho‘x, sayroqi qushlarga
Kim u ko‘targan miltiq?
— U qush tilin anglamas,
Unga begona qo‘shiq.
— Ona yer bag‘ri kuygan,
Tabiatda qora dog‘.
Ayting, yashil olamga
Olt qo‘yar qaysi ahmoq?
— Tabiatni, togMami,
Eh, vayron etar Odam…
Har yili yaralarin
Davolar tabib ko‘klam.
G‘ALATI OVChI
— Ha, do‘stim, dimog‘ing chog‘…
— Ovdan qaytdim, o‘rtoq.
— Dadang bilan sen yana
Ovlabsan-da, bedana?
— Yo‘q.
— To‘qayga qo‘yib qopqon
Ovladingmi yo quyon?
— Yo‘q.
— Yo qushni olib mo‘ljal
Qildingmi uni o‘lja?
— Yo‘q.
— Ha, topdim, soydan baliq
Tutib kelgansan, aniq.
— Yo‘q.
— Nima ovlading, voy-vuy,
O‘zing shartta ayt, qo‘y.
— Men tog‘laming chiroyin,
Qushlar kuyin ovladim…
Tushunolmay hech gapga
Do‘stin boshi g‘ovladi…
VARRAK
Mitti bolajon
Yasaydi varrak.
Varrak — orzudir,
Quvnar yosh yurak.
Varrak ham tayyor…
Hayron bolajon.
Qayda uchirar?
Bino to‘rt tomon.
Tortilgan simlar,
Hammayoq o‘rov.
Katta, keng ko‘cha
Juda serqatnov.
Esar o‘ynoqlab
Bahor shamoli.
Olib qochadi
Bola xayolin…