Baxtiyor Genjamurod (1959)

Baxtiyor Genjamurod 1959 yil 11 mayda Qorakalpog‘istonning Qo‘shko‘pir tumanida tug‘ilgan. Berdaq nomidagi Qorakalpoq davlat universitetini tamomlagan (1985). «Oftobning umri» (1987), «Saraton» (1990), «O‘q qadalgan oy» (1997) she’riy to‘plamlari qorakdlpok, tilida, «O‘kuzdaryo bitiklari», «Made xon so‘zi yoxud Chin ipagidagi bitik» (2006) kabi asarlari o‘zbek tilida nashr etilgan. «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (2002).

* * *

Vatanni qo‘shiqqa sig‘dirmoq… Yo‘q! Yo‘q!
Navolarga sig‘mas sarkash tuyg‘ular.
Onang boqqanini qo‘shiqqa solmoq –
Onangni maqtamoq erish tuyular.

Umrim o‘tar Kun va Tunning orasi –
Sening shapalog‘ing… Sening quchog‘ing.
Onajon, sen mening ko‘zim qorasi,
Onajon, o‘zingta kelar o‘xshagim.

BIR ONANING BOLALARIGA

Umr – bitta, ajal sonmingta.
Sevish – bitta, sevilish bitta.
Taqdir – qishda sovqotib to‘ngsam,
isintirar quyoshim – bitta.

Baxt – bitta, Muhabbat – bitta,
Ko‘ksimdagi yuragim – yolg‘iz.
Bu dunyoda Baxtiyor – bitta,
Meni guqqan onam ham – yolg‘iz.

Onam – bitta, Ona Yer – bitta,
Aylanadi olamda yolg‘iz.
Bu dunyoda shoir ham bitta,
Qo‘shiq yozgan qalam ham yolg‘iz…

OT QISSASI

Doim uloq chopgan qari arg‘umoq
Hurkidi, arqonin uzdi-da ketdi.
Tuyog‘i qizidi tulpor jonivorning,
Quchog‘i keng dala gumburlab ketdi.

… toptab o‘sgan yerning lola gullarin,
g‘aflatda to‘qishdi bir uchmak toshga.
Jonivor sezdimi so‘nggi damlarin…
Termulib o‘qraydi botgan quyoshga.

Ko‘zlari so‘nggi bor mungli olayib,
qulinchoq kezlarin o‘ylay boshladi.
“Otni tirigida halollaylik”, – deb,
Yo‘lovchi xanjarin qayray boshladi.

SAVOL

Ajab, ko‘z taqdiri – kulmoq yig‘lamoq,
Lablar bevafoday tuyular go‘yo.
Hayotim – tog‘lardan oqayotgan irmoq,
Yurak cho‘qqisidan quyular daryo.

Aytilmagan dardli bir qo‘shiqdaymiz,
Aslo tinchlik bermas bir savol menga:
Ko‘z yosh qolmaguncha nega yig‘laymiz?!
Ko‘zdan yosh oqquncha kulamiz nega?!

* * *

Ko‘zimdan to‘kilmang, ko‘zim yoshlari…
Suyangan tog‘imning toshi tegdi deb.
“Eserdan er chiqar” – El bolalari
yurtning tayog‘ini yeydi ko‘p.

Mushtlashib er yetar elning yesiri,
Alamlar tig‘laydi yuragin, qalbin.
“Shoirlar – tebrangan telba”si bo‘lar
Ham yig‘lab, ham kulib kuylagan xalqin.

Ko‘zimdan to‘kilmang, ko‘zim yoshlari…
Tosh bilan urganni tosh bilan urmoq…”
Yo‘q… Yo‘q…
Telbalikni qo‘y endi, qalbim.
Ham yig‘lab, ham kulib
Bir qo‘shiq bitib,
Suyangan tog‘ingga alvido aytgil…

“Eserdan er chiqar”.
Elning tentagi
tog‘lar toshi tegib aylanar tig‘ga.
Tosh bilan urgaini osh bilan siylab,
Parvona bo‘ladi son necha mingga.
Ko‘zimdan to‘kilmang, ko‘zim yoshlari…

Shamshir o‘tkirlashar qayralgan sayin.
Tayoqni ko‘p yegan mushtlagich kelar.
Makkorlik, manmanlikdan qochib, atayin
Adolat tog‘iga adl suyanar.

Xayr endi, toshini menga otganlar.
Alvido, aldangan go‘dak ishonchim…
Bugun asov qalbim g‘amga botganda
Tog‘ kimu dala kim barin tushundim…

Dalalarga ketdim… Alvido, toshlar…
Go‘dak umidlarim – aldamchi tilak.
O‘zimda qolinglar, achchiq ko‘z yoshlar,
O‘zimda qolinglar, issiq ko‘z yoshlar.

Bevafo ishonchim, xayf sizga yurak.
Ko‘zimdan to‘kilmang, ko‘zim yoshlari…

* * *

Labingni qumsayman ko‘rib uzumni,
yuzingdek shaftoli oladi hushim.
Qo‘lim yetmas edi, o‘zing uzilding –
bu sehr shayton yo parining ishi?!

Bilmadim, bilmadim. Tiyiqsiz banda –
Ollohga gunohkor Odam otaday
beklik – behishtlikdan quvildim men ham,
yuragimga sog‘inch – tig‘ botadi-ey!

Husn – mulking egasi devona aylab,
Mag‘ribga, mashriqqa tashlab jabr etdi,
ham aqlu hushimdan begona aylab,
seni izlamoqni menga amr etdi.

Mevazor bog‘lardan izlayman seni –
shoda-shoda uzum, olmayu anor,
serhosil yoz hamda kuzdaysan endi,
siynangda gul bilan sutning isi bor…