Asl ismi Abulqosim bo‘lgan qo‘qonlik shoir. Qo‘qon atrofidagi Zohidon qishlog‘ida tug‘ilgan. Qo‘qon xonligida vazirlik lavozimida ishlagan.
* * *
Ey nihoni gulshani ummed vey nahli vafo
Qomatingdur sarv, ruxsoring erur bog‘i jino.
Bu qadar raftor ila gulshanda ko‘rguzsang hirom
Sarv joyidin turub tazim ila bo‘lg‘ay duto.
Soyadek qadding xiromidin ravodur hojatim
Ey niholi sarv qomat, qil bu hojatni ravo.
To hayoling birla ulfat tutmisham bordur manga
Kosa pur zonuyi fikr oyinai getinamo.
Ey ko‘ngil, ko‘rmay desang begonaliq atvorini
Kelsa qo‘ldin xo‘brular birla bo‘lma oshno.
Hajrdin g‘am bazmida qon yutganimni sharhin et
Tushsa gar ul gul harimiga guzoring, ey sabo.
Hazrati sulton Umarga iftixor aylar Vazir
Adl nuri arsai olam aro erdi ziyo.
* * *
Soldi boshima savdo xatti anbar afshonlar
Qildi ko‘nglim oshifta turrasi parishonlar.
Nafsi dini islomiy bir boqishda oldilar
Surmali ko‘zi jallod bo‘yla mohi tobonlar.
Hajr shomi ko‘nglimda xolu zulfi savdosi
Shodliq kanor istab keldi yaxshi mehmonlar.
Ul go‘zal tag‘ofildin boqmadi asirig‘a
Bo‘ldi seli ashkimdin olam ichra to‘fonlar.
Chekkali mayi ishrat bermadi dame fursat
Ketdi royigon eldin xayf yaxshi davronlar.
Sayri gulshanu gulni naylayin visolisiz
Do‘zaxi muqarrardur yorsiz gulistonlar.
Husni kishvari shohi boqmadi Vaziriga
G‘ussalar yutub emdi o‘ldim, ey musulmonlar.