Nozimaxonim (1870 – Toshkent — 1924) — shoira. O‘zbek ayollari orasidan chiqqan birinchi jurnalist-publitsist. Tatar, arab va fors tillarini o‘rgangan. Orenburg va Qozonda chiqib turgan matbuotni muntazam kuzatib borgan. Yevropa adabiyoti va madaniyati bilan tanish, erkparvarlik g‘oyalaridan bahramand bo‘lgan. O‘zbek va fors mumtoz adabiyotini, ayniqsa, Sa’diy, Hofiz asarlarini o‘qigan.
She’r va maqolalari 1900 yildan matbuotda bosilgan. 20 yoshlarida shoira «beshyog‘ochlik Nozimaxonim» nomi bilan mashhur bo‘lgan. Taraqqiyot, ma’rifat va madaniyatni tashviq etuvchi she’r va manzumalari, jaholat, bid’at-xurofotni fosh etuvchi asarlari, zamonasidagi ijtimoiy tengsizlik va avj olgan milliy istibdoddan keskin norozilik bayon qilingan o‘tkir hajviy she’rlari «Shuhrat», «Sadoyi Turkiston», «Taraqqiy» kabi gazetalarda muntazam chiqib turgan. Shoira mehnatkash xalqning milliy ozodlik harakatini qo‘llab-quvvatlagan, xotin-qizlarning jamiyatdagi roli va o‘rni haqida asarlar yozgan, jaholat va zulm poymol etgan o‘zbek ayolining milliy, insoniy haq-huquklarini talab qilib chiqqan («Insonga qancha erk darkor?», «Ilm va maorif borasida bir-ikki so‘z», «Xotinlar huquqiga oid» va b.).
Nozimaxonim she’riyati 1905—17 yillar o‘zbek adabiyotining yetakchi tamoyillarini aniklashda, 20-yillar o‘zbek she’riyatining xarakterli xususiyatlarini belgilashda muhim ahamiyatga ega.
G‘AZALLAR
* * *
Ko‘zi suzuk nigorim,
So‘zi chuchuk nigorim,
Boqmay qiyo o‘tarsan,
Aybim nachuk, nigorim?
Hajringda dardu g‘amdin
Qaddim bukuk, nigorim.
Hijroni otashingdin
Bag‘rim kuyuk, nigorim.
Nadur xurshidi tobon,
Sensan buyuk, nigorim.
Vah emdi bitti toqat,
Men bir o‘luk, nigorim.
Ko‘ksimga boq alamdan
Choki cho‘kuk, nigorim.
Rahm ayla Nozimangga,
Ko‘zi suzuk nigorim!
* * *
Besabab yoringni o‘ltirmoq, nachuk?
Men vafodoringni o‘ltirmoq, nachuk?
Farz qilding garchi dushmanman senga,
Bunchalar, bas, xor o‘ltirmoq, nachuk?
Voy, hazar aylab meni devonadin,
Bu dili zoringni o‘ltirmoq, nachuk?
Kuyi vaslingni itidur bu g‘arib,
Telba-yu zoringni o‘ltirmoq, nachuk?
Telmurub bo‘ldi nigoron ko‘zlarim,
Chashmi xunboringni o‘ltirmoq, nachuk?
Dam-badam vasfing tilimda, ey pari,
O‘z duogo‘yingni o‘ltirmoq, nachuk?
Vasli ummidingda yurgay Nozima,
Bas, vafodoringni o‘ltirmoq, nachuk?
* * *
Keldi ayyomi bahor, olam gulistondur bu kun,
Lolalar ochildi, sahro bog‘u bo‘stondur bu kun.
Jahr-zikru xonaqahdin yuz o‘girmoq vaqtidur,
Dahrning zavqi safosi bizga mehmondur bu kuv.
Etti navro‘z gul chaman husni rasolar husnini,
Ishqida dil bulbuli behud mastondur bu kun.
Boq, niqob oldi yuzidin sarv bo‘yluk yorlar,
Lazzati la’li labi vah menga armondur bu kun,
Rang-barang oqu qizil ko‘ylak kiyib dildorlar,
Bizni shaydo aylagan gulgun zanaxdondur bu kun.
Chun alarning husnidin olam hamadur lolazor
Oshiqi ma’shuqqa boqib mastu hayrondur bu kun.
Nozaninlar noz birla zeb-ziynatlar taqib,
Sumbuli zulflar parishon rayhon namoyondur bu kun.
Nozima, nazming bila madh et bahor ayyomini,
Gar falak kajravligidin yurt vayrondur bu kun.
* * *
Ko‘rguzub nozik jamolin mastu hayron ayladyu,,
O‘zi gul sayrig‘a ketti, bizni bog‘bon ayladi.
Ochilib gul g‘unchadek o‘t soldi jonu jismima,
Bir tarahhum qilmayin olamg‘a doston ayladi.
Ko‘rgach, ul xurshid yuzin o‘tlar tutashdi jonima,.
So‘ldurub umrim gulin, baxtimni vayron ayladi.
Yuz jamoli sham’iga parvona bo‘ldim o‘rtanib,
Bilmadi holim hanuz, ag‘yora paymon ayladi.
Misli bulbul gul yuzin shavqida aylarman navo,,
Lek eshitmay bir yo‘li ko‘zimni giryon ayladi.
Har kecha ul oy firoqida chekarman ohlar,
Bir tabassum qilmayin holim parishon ayladi.
Mayli, shirin til bila derman kamoli vasfini,
Nozima, garchi seni bag‘ringni biryon ayladi.
* * *
Ichmadim sharbat hayotim chashmasidin bir qonib,
Davr jabridin, netaykim, jism ila jonim yonib.
Xalq dermishlar meni bu yurt aro «ko‘b fozila»,
Lek yurmushman hamisha darbadar, majruhbo‘lib.
Shuncha axtardim jahonni, baxt nedur, topmadim,
Sarsari devona yanglig‘ hosil umrim sarg‘arib.
Men desam adlu diyonat lafzini hokimlara,
Quvdilar, Majnun debon, hech yerda qo‘ymay bu g‘arib,
Bo‘lmadim hamdam vale ul fosiqu kazzobg‘a,
El taloshin aylabon har sori o‘zni yetkarib.
Dil uyi ranju jafodin bo‘ldi oxir rez-rez,
Qayg‘a borsam o‘rtanurman dam-badam qonlar yutnb,
Hech odam bormukin Nozima yanglig‘ daxr aro,
Ichmagan sharbat hayoti chashmasidin bir qonib.
* * *
Vah-vahki, men ham bir jismi bejon?
Kim nogah, anga yetushdi bir jon.
Vah-vahki, man ham go‘yoki Xizri,
Kim, anga yo‘luqti obi hayvon.
Vah-vahki, man ham bir dardli bemor»,
Xotifdin yetushdi anga darmon.
Vah-vahki, man ham shikasta Ya’qub,
Kim, bo‘ldi visoli xo‘bi Kan’on.
Vah-vahki, man ham bir mo‘ri pomol,,
Kim, berdi nigin anga Sulaymon.
Ey Nozima, bas, shukrona qilg‘il,,
Mehru visola aylandi hijron.
* * *
Qizil gul, bog‘u bo‘stonim qayonsan?
Fidodur senga bu jonim, qayonsan?
Qaroru sabru oromim tugandi,
Ushalmay qolgan armonim, qayonsan?
Erib jonu jahonim, qoldi jismim,
Zaif holimg‘a darmonim, qayonsan:
G‘amu dardlarg‘a darmonlar yitildi,
Yo‘qolgan tig‘i xunxorim, qayonsan?
Agar yotsam o‘lub tuproq ichinda,
Topilmas ahdu paymonim, qayonsan?
Hama oshiqlar o‘ldi yuz gadoying,
Yuzi gul, sunbul afshonim, qayonsan?
Kelubtur eshikingga Nozimang, hay,
Sevintir oni, sultonim, qayonsan?
O‘QING RUS ZABONINI
O‘qing rusi zabonin, el aro bu yaxshi xislatdur,
Zaboni bezabon bo‘lmoq, biling, bu koni illatdur,
Bilay desang zamon ichra haqiqiy sirri hikmatni,
Yo‘q et mulki vujudingdin fasodu kulli bid’atni,
Hamma ilmu aqoid rus zaboninda muhayyodur,
Agar o‘qsang ani chashm oldida olam surayyodur.
Tamomi ilmi hikmat ham riyoziyot, falakiyot,
Etilmushdur bayoni bu zaboni ila ki tibbiyot,
Jahonning turli g‘avg‘osi, yangi ko‘p hodisoti ham,.
Lisoni rusiyo birla o‘qur oni jami odam.
Agar uqmay ketarsan bu zabonni, chashm erur ro‘yo,
O‘tursan benasib xurshid ziyosidin ro‘siyo(h).
O‘qubsan, Nozima, rusi zabonin, senga xislatdur,
Zaboni bezabon bo‘lmoq, biling, bu koni ofatdur.