Muzmar (XIX asr)

XIX asrning birinchi yarmida Qo‘qonda yashab ijod qilgan. Hisor o‘zbeklaridan, Qo‘qonga Buxoro orqali kelib o‘rnashgan.

* * *

Muncha kim kajrav bo‘lurmu charx raftorin ko‘ring,
Rostliq kasbi ekan dahr ahli kirdorin ko‘ring.

Dahr zoli mehrsizlikda erur yakto valek
Onchi yuz berahm erur el suhbat osorin ko‘ring.

Buni g‘am tog‘i sado bergay ko‘ngil afg‘onidan
Bestundin kuhkandek nola izhorin ko‘rung.

Yo‘q farog‘at dahr aro bordur vale turli alam
Bebasirat ahli olam yo‘q ila borin ko‘ring.

Hasta kim erdiki, tomhidi karam bu turfadur
Suhbatim bo‘lmush nigorim chashmi bemorin ko‘ring.

Husn shohi ishqidin ko‘nglim sari azm aylagach,
Dard hayli uzra ko‘zdin gavhar isorin ko‘ring.

Yor sarmastu mayi gulrang tun kun g‘ayr ila
Zoru Muzmarning damodam chashmi xunboring ko‘ring.